Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti o‘chiriladi — manzillar

© AO "Regionalnie elektricheskie seti"Toshkentning ayrim mahallalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Toshkentning ayrim mahallalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2023
Obuna bo‘lish
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Bugun Toshkentning Bektemir va Uchtepa tumanlaridagi ayrim mahallalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar berdi "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Bektemir tumani - "Nurliyo‘l" va "Gulbog‘" MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Uchtepa tumani - "Diyorobod" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0