Senatning qirq to‘rtinchi yalpi majlisi 24-avgust kuni chaqiriladi

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaOliy Majlis Senatining yalpi majlisi.
Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2023
Obuna bo‘lish
Senatorlar o‘simliklarni himoya qilish, ijara va lizing munosabatlari, sog‘liqni saqlash hamda yer qa’riga oid qonun hujjatlarini ko‘rib chiqishadi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Oliy Majlis Senatining qirq to‘rtinchi yalpi majlisi 24-avgust kuni chaqiriladi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
Senatning navbatdagi yalpi majlisi videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladi. Unda qator masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Kun tartibiga kiritilgan qonunlar:
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga valyutani tartibga solishga, ijara va lizing munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sog‘liqni saqlash organlari faoliyati haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi
“Yer qa’ri to‘g‘risida”gi.
Shuningdek, yalpi majlisda Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini o‘rganish natijalarini ham muhokama qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senatining qirq uchinchi yalpi majlisi 4-avgust kuni o‘tkazilgan edi. Unda senatorlar 10 dan ortiq masalalarni muhokam qilishgan.
Yangiliklar lentasi
0