https://oz.sputniknews.uz/20230823/ozbekiston-ozarbayjon-yoshlar-forumi-38122332.html
O‘zbekistonda birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon yoshlar forumi o‘tkaziladi
O‘zbekistonda birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon yoshlar forumi o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida madaniyat va kino kunlari, ijod va ilm-fan arboblarining uchrashuvlari muntazam o‘tkazib boriladigan bo‘ldi.
2023-08-23T09:16+0500
2023-08-23T09:16+0500
2023-08-23T11:18+0500
madaniyat
o‘zbekiston
ozarbayjon
yoshlar
forum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/0b/20042602_0:161:3068:1887_1920x0_80_0_0_eb4134e24cffb54062212e121d971b73.jpg
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekistonda birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon yoshlar forumi tashkil etiladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifining birinchi kunida ikki mamlakat prezidentlari ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berishdi.Qayd etilishicha, yaqinda Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlari katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi. Ushbu tadbirlar doirasida Bokuda o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk vakili Abdulla Qodiriyning ozarbayjon tiliga tarjima qilingan “O‘tkan kunlar” romani taqdimot qilindi.Madaniyat va kino kunlari, ijod va ilm-fan arboblarining uchrashuvlari muntazam o‘tkazib boriladigan bo‘ldi.Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi. Tashrifning binichi kunida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Oliy davlatlararo kengash tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Shuningdek, tashrif doirasida davlatlar, hukumatlar va idoralar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/0b/20042602_169:0:2900:2048_1920x0_80_0_0_361b5079d062333fc45214b1c32f009b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston o‘zbekiston-ozarbayjon yoshlar forumi
o‘zbekiston o‘zbekiston-ozarbayjon yoshlar forumi
O‘zbekistonda birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon yoshlar forumi o‘tkaziladi
09:16 23.08.2023 (yangilandi: 11:18 23.08.2023) O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida madaniyat va kino kunlari, ijod va ilm-fan arboblarining uchrashuvlari muntazam o‘tkazib boriladigan bo‘ldi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekistonda birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon yoshlar forumi tashkil etiladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifining birinchi kunida ikki mamlakat prezidentlari ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berishdi.
Qayd etilishicha, yaqinda Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlari katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi. Ushbu tadbirlar doirasida Bokuda o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk vakili Abdulla Qodiriyning ozarbayjon tiliga tarjima qilingan “O‘tkan kunlar” romani taqdimot qilindi.
Madaniyat va kino kunlari, ijod va ilm-fan arboblarining uchrashuvlari muntazam o‘tkazib boriladigan bo‘ldi.
"Joriy yilda O‘zbekistonda birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon yoshlar forumi tashkil etiladi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi. Tashrifning binichi kunida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Oliy davlatlararo kengash tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Shuningdek, tashrif doirasida davlatlar, hukumatlar va idoralar darajasida 15 ta hujjat
qabul qilindi.