O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Oliy davlatlararo kengash tashkil etildi
06:42 23.08.2023 (yangilandi: 11:38 23.08.2023)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston va Ozarbayjon tomonidan Oliy davlatlararo kengash tuzildi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat o‘rtasida 15 ta hujjat qabul qilindi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Oliy davlatlararo kengash tashkil etildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston va Ozarbayjon tomonidan Oliy davlatlararo kengash tuzildi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon tomonidan Oliy davlatlararo kengash tuzildi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Oliy davlatlararo kengash tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani imzolashdi”, - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, tashrif doirasida davlatlar, hukumatlar va idoralar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston va Ozarbayjon tomonidan Oliy davlatlararo kengash tuzildi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon tomonidan Oliy davlatlararo kengash tuzildi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jumladan:
2023-2024 yillarda har tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
energetika sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida bitim;
yoshlarga oid siyosat va sport sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar;
Media sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
Fuqarolarning vizasiz qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi;
“E-permit” ruxsatnoma blanklarini elektron almashish axborot tizimini joriy qilish, oila va bolalarni muhofaza qilish, oziq-ovqat xavfsizligi borasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlar;
Xavfsizlik kengashlari kotibiyatlari o‘rtasidagi, kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar.
Qayd etilishicha, ushbu hujjatlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarning bir qator istiqbolli yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.