Makkada kuchli bo‘ron kuzatildi — video

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyMechet Masdjid al-Xaram v Mekke.
Mechet Masdjid al-Xaram v Mekke. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2023
Obuna bo‘lish
Shamol reklama taxtalari, metall konstruksiyalar va axlat qutilariga ham zarar yetkazgan.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Saudiya Arabistonidagi Makka shahrida tezligi 80 km/soatdan yuqori bo‘lgan shamol sodir bo‘ldi. Shamol odamlarni oyoqdan yiqitib, og‘ir metall konstruksiyalarni ag‘darib yubordi, deyiladi RIA Novosti xabarida.
“Muqaddas poytaxtga urilgan shamol tezligi 80 km/soatdan oshdi”, - degan Saudiya Milliy meteorologiya markazi vakili Husayn al-Qahtaniy.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan videotasvirlarda Saudiya Arabistoni fuqarolari va xorijlik ziyoratchilarni momaqaldiroq paytida kuchli shamol uchirib ketgani ko‘rsatilgan. U shuningdek, reklama taxtalari, metall konstruksiyalar va axlat qutilariga ham zarar yetkazgan.
Noqulay ob-havo fonida Makka provinsiyasi rasmiylari ijtimoiy tarmoqlarda qirollik maktablari, kollejlari va universitetlarida darslarni masofaviy formatga o‘tkazishni e’lon qildi.
Yangiliklar lentasi
0