Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

General Afzalov Surovikin o‘rniga tayinlandi

© Sputnik / Vladimir BaranovZdanie Ministerstva oboroni RF, arxivnoe foto
Zdanie Ministerstva oboroni RF, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2023
Obuna bo‘lish
General Afzalov Rossiya Havo-kosmik kuchlari bosh qo‘mondoni vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi — OAV.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. General-polkovnik Viktor Afzalov Rossiya Havo-kosmik kuchlari bosh shtabi boshlig‘i qo‘mondoni vazifasin bajaruvchi etib tayinlandi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga xabardor manba.

“Rossiya Havo-kosmik kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Sergey Surovikin o‘z lavozimidan ozod etildi, Aerokosmik kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i, general-polkovnik Viktor Afzalov vaqtincha Bosh qo‘mondon vazifasini bajarmoqda”, — dedi manba RIA Novostiga.

Oldin ushbu lavozimda bo‘lgan Sergey Surovikin "Vagner" guruhi bilan bog‘liq mojarodan so‘ng axborot maydonida ko‘rinmay qolgan edi. Ayrim OAVlar xabar berishiga ko‘ra, Surovikin qisqa muddatli ta’tilda.
General-polkovnik Viktor Afzalov Pushkin nomidagi havo mudofaasi radioelektronika oliy harbiy bilim yurtining bitiruvchisi. 2000-yilda Havo mudofaasi harbiy universitetini, 2010-yilda Bosh shtab Harbiy akademiyasini tamomlagan. Havo mudofaasi korpusining zenit-raketa bo‘linmalari guruhining jangovar bo‘linimasi boshlig‘idan shtab boshlig‘i - havo kuchlari va havo mudofaasi armiyasi qo‘mondoni birinchi o‘rinbosarigacha bo‘lgan lavozimlar. 2017-yil iyul oyida Sharqiy harbiy okrugi havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa armiyasi qo‘mondoni, 2018-yil avgust oyida esa Rossiya Aerokosmik kuchlari bosh shtabi boshlig‘i etib tayinlangan.
Yangiliklar lentasi
0