https://oz.sputniknews.uz/20230823/brics-davlatlari-kengayish-shartlarini-kelishib-oldi-38159142.html
BRICS davlatlari kengayish shartlarini kelishib oldi
BRICS davlatlari kengayish shartlarini kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Afrika tashqi ishlar vaziri BRIKS a’zolari kengayish shartlarini kelishib olganini ma’lum qildi.
2023-08-23T20:55+0500
2023-08-23T20:55+0500
2023-08-24T13:22+0500
briks (brics)
janubiy afrika respublikasi (jar)
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/16/38105729_0:137:3152:1910_1920x0_80_0_0_91a7322f7e803178b40d8d0bec223b91.jpg
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. BRIKS davlatlari ittifoqni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi, dedi Ubuntu Radio efirida Janubiy Afrika tashqi ishlar vaziri Naledi Pandor.Ma’lumot uchun, bugungi kunda BRIKS besh davlatni birlashtiradi: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR. O‘z navbatida, 23 davlat iqtisodiy blokka qo‘shilish istagini bildirgan - Jazoir, Argentina, Bangladesh, Bahrayn, Belarus, Boliviya, Kuba, Misr, Efiopiya, Gonduras, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Kuvayt, Marokash, Nigeriya, Falastin, Saudiya Arabistoni, Senegal, Tailand, BAA, Venesuela va Vetnam.2022 yilda BRIKS tashkilotni yanada inklyuziv qilish uchun a’zo davlatlar sonini kengaytirishini e’lon qildi. O‘shanda ittifoqqa kamida 19 davlat a’zo bo‘lishni xohlagan edi.Janubiy Afrikaning Moskvadagi elchisi Mzuvukile Maketuka RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytganidek, assotsiatsiyaning barcha a’zolari kengayishni ma’qullaydi, ammo yangi a’zolarni qabul qilish usullarini aniqlash zarur, bu masalani birgalikda hal qilish kerak.22-24 avgust kunlari JARning Yoxannesburg shahrida BRIKS sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Xitoy, Hindiston, Braziliya va Janubiy Afrika davlatlari rahbarlari ishtirok etmoqda. Rossiya tomonidan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etmoqda. Prezident Vladimir Putin sammitda videokonferensiya orqali ishtirok etishini ma’lum qildi.
janubiy afrika respublikasi (jar)
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/16/38105729_164:0:2585:1816_1920x0_80_0_0_1b967c5b8c2b39002af92792c17cf053.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
janubiy afrika briks kengayish shartlar
janubiy afrika briks kengayish shartlar
BRICS davlatlari kengayish shartlarini kelishib oldi
20:55 23.08.2023 (yangilandi: 13:22 24.08.2023) Janubiy Afrika tashqi ishlar vaziri BRIKS a’zolari kengayish shartlarini kelishib olganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. BRIKS davlatlari ittifoqni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi, dedi
Ubuntu Radio efirida Janubiy Afrika tashqi ishlar vaziri Naledi Pandor.
“Biz kengayish masalasida kelishib oldik, BRIKSga a’zo bo‘lishni xohlovchi davlatlarni ko‘rib chiqish tamoyillari, jarayonlarini belgilab beruvchi hujjat qabul qildik”, — dedi u.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda BRIKS besh davlatni birlashtiradi: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR. O‘z navbatida, 23 davlat iqtisodiy blokka qo‘shilish istagini bildirgan - Jazoir, Argentina, Bangladesh, Bahrayn, Belarus, Boliviya, Kuba, Misr, Efiopiya, Gonduras, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Kuvayt, Marokash, Nigeriya, Falastin, Saudiya Arabistoni, Senegal, Tailand, BAA, Venesuela va Vetnam.
2022 yilda BRIKS tashkilotni yanada inklyuziv qilish uchun a’zo davlatlar sonini kengaytirishini e’lon qildi. O‘shanda ittifoqqa kamida 19 davlat a’zo bo‘lishni xohlagan edi.
Janubiy Afrikaning Moskvadagi elchisi Mzuvukile Maketuka RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytganidek, assotsiatsiyaning barcha a’zolari kengayishni ma’qullaydi, ammo yangi a’zolarni qabul qilish usullarini aniqlash zarur, bu masalani birgalikda hal qilish kerak.
22-24 avgust kunlari JARning Yoxannesburg shahrida BRIKS sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Xitoy, Hindiston, Braziliya va Janubiy Afrika davlatlari rahbarlari ishtirok etmoqda. Rossiya tomonidan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etmoqda. Prezident Vladimir Putin sammitda videokonferensiya orqali ishtirok etishini ma’lum qildi.