Rossiya va boshqa mamlakatlar dollarga qaramlikni kamaytirmoqda – Lavrov

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov. Arxivnoe foto
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning o‘z gegemonligi saqlab qolish ilinjida bu tendensiyaini ortga qaytarishga bo‘lgan urinishlari puchga chiqmoqda.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Rossiya va yana qator davlatlar dollarga bo‘lgan qaramlikni izchil kamaytirmoqda va milliy valyutalardagi hisob-kitoblarga o‘tmoqda. Bu haqda Rossiya Sergey Lavrov Janubiy Afrikaning “Ubuntu” jurnali uchun yozgan maqolasida ma’lum qildi.
“Nafaqat Rossiya, balki qator davlatlar ham Amerika dollariga bo‘lgan qaramlikni izchil kamaytirmoqda, muqobil to‘lov tizimlaridan foydalanish va milliy valyutalardagi hisob-kitoblarga o‘tmoqda”, - deya ta’kidlagan Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning o‘z gegemonligi saqlab qolish ilinjida bu tendensiyani ortga qaytarishga bo‘lgan urinishlari qarama-qarshi samara bermoqda, chunki dunyo hamjamiyati G‘arb elitalari tomonidan bo‘layotgan shantaj va bosimdan charchagan.
“Ko‘z o‘ngimizda adolatliroq ko‘p qutbli dunyo tartibi shakllanmoqda. Yevroosiyo, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Yaqin Sharq, Afrika, Lotin Amerikasidagi yangi iqtisodiy o‘sish va global muhim siyosiy qarorlarni qabul qiluvchi markazlar avvalo o‘z manfaatlariga amal qilishadi, milliy suverenitetni birinchi o‘ringa qo‘yishadi. Bu asosda turli sohalarda ajoyib muvaffaqiyatlarga erishishmoqda”, - deb hisoblaydi Lavrov.
Yangiliklar lentasi
0