O‘zbekistonda ishdan olish va tayinlovlar — 14-avgustdan 21-avgustgacha
© Sputnik / Aleksey Nikolskiy
/ Obuna bo‘lish
Sputnik o‘tgan hafta davomida O‘zbekiston Respublikasining turli idoralarida amalga oshirilgan lavozimga tayinlash va lavozimdan olish bo‘yicha ma’lumotlarni to‘pladi.
Prezident administratsiyasi
Sardor Umurzakov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi va prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Sardor Umurzakov 2022-yil iyulidan buyon Prezident administratsiyasi rahbari sifatida ishlab kelayotgan edi.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZamestitel premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov
Zamestitel premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Sunnatilla Bekenov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ozod etildi. Bekenov 2018-yilning fevralida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, 2019-yilning yanvarida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. 2019-yil sentabridan 2020-yilning dekabriga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori edi. 2022-yilning 16-iyulida Sardor Umurzakov Prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlangan, bir necha kundan keyin Bekenov uning yordamchisi sifatida ish boshlagan.
© AIMKSunnatilla Bekenov
Sunnatilla Bekenov
© AIMK
Sud
Sadriddin Eshonqulov O‘zbekiston Harbiy sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Bundan tashqari, respublikaning uch viloyati ma’muriy sudlari raislari almashtirildi: Buxoro viloyatiga Abduhalim Ahmedov, Sirdaryo viloyatiga — To‘rabek Qodirqulov, Qashqadaryo viloyatiga — G‘olibjon Davlatov ma’muriy sud raisi bo‘ldi.
Alisher Abdurahmonov Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.
Bekzod Narimanov Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga saylandi.
© Foto : Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Deputati rassmotreli vopros ob izbranii zamestitelya Upolnomochennogo Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan po pravam cheloveka.
Deputati rassmotreli vopros ob izbranii zamestitelya Upolnomochennogo Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan po pravam cheloveka.
© Foto : Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi
Bayram Otemuratov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Otemuratov Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.
© Press-slujba Jokargi Kenes Respubliki Karakalpakstan Bayram Perdebayevich Otemuratov naznachen zamestitelem Predsedatelya Soveta Ministrov Respubliki Karakalpakstan po molodejnoy politike, sotsialnomu razvitiyu i duxovno-prosvetitelskim voprosam.
Bayram Perdebayevich Otemuratov naznachen zamestitelem Predsedatelya Soveta Ministrov Respubliki Karakalpakstan po molodejnoy politike, sotsialnomu razvitiyu i duxovno-prosvetitelskim voprosam.
© Press-slujba Jokargi Kenes Respubliki Karakalpakstan
Vazirlar Kengashi raisining sobiq o‘rinbosari Abatbay Daniyarov Nukus shahri hokimi etib tayinlandi.
Energetika
Umid Mamadaminov O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
© Press-slujba Ministerstva energetikiUmid Mamadaminov
Umid Mamadaminov
© Press-slujba Ministerstva energetiki
Kuch tuzilmalari
Ravshan Sultanxodjayev Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Sultanxodjayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
© Press-slujba MVD Xorezmskoy oblastiPolkovnik Ravshan Irkinovich Sultanxodjayev naznachen na doljnost nachalnika MVD Xorezmskoy oblasti.
Polkovnik Ravshan Irkinovich Sultanxodjayev naznachen na doljnost nachalnika MVD Xorezmskoy oblasti.
Avval ichki ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan general-mayor Davron Nazarmuhamedov 2019-2023 yillarda Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Hokimiyat
Odiljon Ataullayev Yangiyo‘l tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari vazifasida faoliyat yuritgan.
© Agentstvo po razvitiyu gosudarstvennoy slujbi pri prezidente Respubliki UzbekistanOdiljon Kasimovich Ataullayev naznachen akimom Yangiyulskogo rayona.
Odiljon Kasimovich Ataullayev naznachen akimom Yangiyulskogo rayona.
© Agentstvo po razvitiyu gosudarstvennoy slujbi pri prezidente Respubliki Uzbekistan
Isroil Jabborov Samarqand viloyatining Payariq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Payariq tumanining avvalgi hokimi, 2021-yil avgust oyidan buyon ishlab kelayotgan Zafar Ergashev iyul oyida Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan lavozimidan ozod etilgan edi.
Jamshid Hodjayev Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Hodjayev Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi
Bahrom Sharipov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. U 2020-yil sentabrida tashkil etilganidan beri qo‘mitaga raislik qilib kelardi. 2017-yil aprelidan 2023-yil yanvarigacha “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi lavozimida ham ishlagan.
© Press-slujba Ministerstva prirodnix resursov UzbekistanaBaxrom Kurbanovich Sharipov.
Baxrom Kurbanovich Sharipov.
© Press-slujba Ministerstva prirodnix resursov Uzbekistana
Avvalroq Sputnik O‘zbekistonda 7-14 avgust kunlari bo‘lgan kadrlar o‘zgarishi haqida xabar bergan edi.