Maxsus operatsiya: 21-avgustning asosiy xabarlari
23:03 21.08.2023 (yangilandi: 13:33 22.08.2023)
© Sputnik / Viktor Antonyuk / Mediabankka o‘tishRabota ekipaja 2S3 "Akatsiya" v xode spetsoperatsii na Ukraine.
© Sputnik / Viktor Antonyuk
/ Obuna bo‘lish
Ukraina qurolli kuchlari Kupansk, Zaporojye va Donesk yo‘nalishlarida hujum operatsiyalarini davom ettirdi va 700 nafarga yaqin askarlarini yo‘qotdi (jami yaralangan va qurbon bo‘lgan).
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib brayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Mudofaa vazirligi 21-avgust hisoboti:
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi bo‘linmalari front chizig‘i bo‘ylab o‘z pozitsiyasini faol ravishda yaxshiladi. Kun davomida Xarkov viloyatining Sinkovka va LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududlarida UQKning 25-havo-desant, 95-havo-desant va 14-mexanizatsiyalashgan brigadalarining 4ta hujumi qaytarildi. Bundan tashqari, LXRning Stelmaxovka aholi punkti hududida 103-sonli hududiy mudofaa brigadasi bo‘linmasining dala o‘q-dorilar ombori vayron qilindi.
Dushmanning yo‘qotishlari 160 nafar harbiy xizmatchi, beshta zirhli jangovar mashina, ikkita mashina, AQShda ishlab chiqarilgan M777 va M109 "Paladin" artilleriya tizimlari, AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radar stansiyasi, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va "Akatsiya" zambaragi yo‘q qilindi.
Zaporojye yo‘nalishida Rabotino aholi punkti hududida Rossiya kuchlari guruhi UQKning strategik zaxirasida bo‘lgan 82-havo hujumi brigadasi bo‘linmalarining 5ta hujumini qaytardi. Omelnik aholi punkti yaqinida UQKning 65-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Dushmanning bu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 80 dan ortiq harbiy xizmatchi, uchta BMP, Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan FH-70, D-20 va D-30 gaubitsalari, AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M119 artilleriya tizimi va AN/TPQ - 50 batareyaga qarshi kurash radar stansiyasini tashkil qildi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi Krasnogorovka va Nevelskoe aholi punktlari hududlarida UQKning 3ta hujumini muvaffaqiyatli qaytardi. Kun davomida dushman yo‘qotishlari 225 nafar harbiy xizmatchi, ikkita BMP, uchta zirhli jangovar mashinasi, to‘rtta texnika, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, Msta-B va D-30 gaubitsalari, shuningdek AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-36 batareyaga qarshi radar stansiyasini tashkil qildi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Staromayorskoe va Urojaynoe aholi punktlari hududlarida UQK qo‘shinlariga zarba berdi. Dushmanning ushbu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 110 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita avtomashina, Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan AS-90 "Braveheart" va "Nona-S", shuningdek AIShda ishlab chiqilgan M777 artilleriya qurilmalarini tashkil etdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhi LXRning Chervonaya Dibrova aholi punkti hududida dushmanning ikkita hujumini qaytardi.DXRning Yampolovka, Serebranka va Grigorovka aholi punktlari hududlarida UQKning 42, 63 va 67-mexanizatsiyalashgan brigadalari va 95-havo hujumi brigadalariga zarba berildi. Kun davomida 75 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta pikap va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishi bo‘yicha kun davomida dushmanning yo‘qotishlari 45 nafar harbiy xizmatchi, sakkizta texnika va ikkita 120 millimetrli minomotni tashkil etdi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi 167 ta tumanda dushmanning ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
Havo mudofaa kuchlari tomonidan DXRning Staroraiskoe qishlog‘i hududida Ukrainaning Su-25 samolyoti urib tushirildi. "Uragan" va AQShda ishlab chiqilgan HIMARS reaktiv tizimlarining uchta raketasi tutib olindi.
LXRning Kremennaya, Krivosheyevka, DXRning Krasnaya Polyana, Berestovoe, Stepnoe, Gorlovka va Xerson viloyatining Vladimirovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 36 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 462 ta samolyot, 246 ta vertolot, 5913 ta uchuvchisiz uchish apparati, 431 ta zenit-raketa tizimi, 11426 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1144 ta ko‘p raketali tizimlar jangovar texnikasi, 5969 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 12357 ta maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.