https://oz.sputniknews.uz/20230821/ekologik-auditorga-malaka-sertifikati-berish-38067444.html
Ekologik auditorga malaka sertifikati berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi
Ekologik auditorga malaka sertifikati berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat qarori bilan Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. malaka sertifikatini berish bo‘yicha xizmatlar davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi.Buning uchun talabgor: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid (biolog, geolog, gidrolog muhandis, yer geodeziya va kartografiyasi muhandisi, shuningdek, suv, atmosfera, yer va yer osti boyliklari muhofazasi mutaxassisliklari) oliy ma’lumotli; sohada yoki turdosh sohalarda ketma-ket kamida 3-yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
2023-08-21T18:51+0500
2023-08-21T18:51+0500
2023-08-21T18:51+0500
jamiyat
yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
davlat xizmatlari agentligi (dxa)
ekologiya
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/11/37948446_0:164:3065:1888_1920x0_80_0_0_493c8fc7dcd57cfba794e1181561ecad.jpg
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. 19-avgustdagi Hukumat qarori bilan Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Qarorga muvofiq, ekologik auditorning malaka sertifikatini berish uchun malaka imtihonini tashkil etish, sertifikatni berish, ekologik auditorlar va ekologik auditorlik tashkilotlarining reyestrlari yuritish bo‘yicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakolatli organ hisoblanadi.Ma’muriy reglamentga ko‘ra, malaka sertifikatini berish bo‘yicha xizmatlar davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi.Buning uchun talabgor:Vakolatli organ murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.Malaka imtihoni kamida 3 nafar talabgordan iborat guruhning shakllanishiga ko‘ra, biroq har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.Imtihon test ko‘rinishida olinadi (jami 50 ta nazariy savol). Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga ekologik auditor malaka sertifikati berilib, sertifikat 5-yil muddatga amal qiladi.Talabgorning murojaatini ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 1 baravari (330 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.Reglamentga ko‘ra, ekologik auditorlar har ikki yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishlari shart.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/11/37948446_875:162:3065:1804_1920x0_80_0_0_a009e65a63691a85953c7c71b0054fbb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ekologik auditor malaka sertifikati berish davlat xizmatlari
ekologik auditor malaka sertifikati berish davlat xizmatlari
Ekologik auditorga malaka sertifikati berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi
Vakolatli organ murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. 19 avgustdagi Hukumat qarori bilan Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti
tasdiqlandi. Qarorga muvofiq, ekologik auditorning malaka sertifikatini berish uchun malaka imtihonini tashkil etish, sertifikatni berish, ekologik auditorlar va ekologik auditorlik tashkilotlarining reyestrlari yuritish bo‘yicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakolatli organ hisoblanadi.
Ma’muriy reglamentga ko‘ra, malaka sertifikatini berish bo‘yicha xizmatlar davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid (biolog, geolog, gidrolog muhandis, yer geodeziya va kartografiyasi muhandisi, shuningdek, suv, atmosfera, yer va yer osti boyliklari muhofazasi mutaxassisliklari) oliy ma’lumotli;
sohada yoki turdosh sohalarda ketma-ket kamida 3-yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
Vakolatli organ murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Malaka imtihoni kamida 3 nafar talabgordan iborat guruhning shakllanishiga ko‘ra, biroq har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Imtihon test ko‘rinishida olinadi (jami 50 ta nazariy savol). Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga ekologik auditor malaka sertifikati berilib, sertifikat 5-yil muddatga amal qiladi.
Talabgorning murojaatini ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 1 baravari (330 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
Reglamentga ko‘ra, ekologik auditorlar har ikki yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishlari shart.