Turkiyadagi veloshosse bo‘yicha musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar medallar qo‘lga kiritdi

Velotrek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2023
Obuna bo‘lish
88,2 km masofani tashkil etgan poygada Olga Zabelinskaya marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Turkiyada veloshosse bo‘yicha “Grand Prix Keyseri” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
88,2 km masofani tashkil etgan poygada Olga Zabelinskaya marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Uchinchi natijani qayd etgan Yanina Kuskova esa bronza medali bilan taqdirlandi.
Shuningdek, mazkur poygada startga chiqqan Margarita Misurina 4, Nafosat Koziyeva 5, Shahnoza Abdullayeva 8-bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tishdi.
Yangiliklar lentasi
0