Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri bilan uchrashdi — foto

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVengriya bosh vaziri bilan uchrashdi
Vengriya bosh vaziri bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh vazir Mirziyoyevga Vengriyaning milliy bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda hamda shu kunlarda Vengriya poytaxtida o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi yugurish musobaqalari finalida shaxsan ishtirok etayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom
Mirziyoyev, o‘z navbatida, Vengriya hukumati va do‘st xalqini milliy ayyom bilan dildan qutladi. Budapeshtda o‘tkazilayotgan jahon birinchiligi ushbu mamlakat sport sohasida boy an’analarga egaligi va keyingi yillarda bu borada yuksak muvaffaqiyatlarga erishayotganining dalolati ekanini alohida ta’kidladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom
O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Vengriyaning OTP banki O‘zbekiston bank-moliya bozoriga kirib kelgani strategik ahamiyatga ega ekani hamda Yevropa biznesi uchun muhim ishora bo‘lgani e’tirof etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom
Madaniy-gumanitar sohadagi qo‘shma dasturlarni yanada ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Joriy yil 20-avgust kunidan boshlab Toshkent va Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish va sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladigan muhim voqea bo‘lishi ta’kidlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom
Mintaqaviy, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi kun tartibi yuzasidan batafsil fikr almashildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida yaqin va konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom
Yangiliklar lentasi
0