Volontorlik faoliyati sohasida maxsus vakolatli organ belgilandi

© UnsplashVolontor.
Volontor. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2023
Obuna bo‘lish
Yoshlar ishlari agentligiga qo‘shimcha vakolatlar berildi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Yoshlar ishlari agentligi volontorlik faoliyati sohasida maxsus vakolatli organ etib belgilandi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–863-sonli qonunda nazarda tutilgan.
Hujjat bilan “Volontorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi volontorlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Agentlik, jumladan:
sohada davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Qonun bilan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining volontorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilandi.
Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlar berildi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0