Qrimda Ukrainaning S-200 raketasi urib tushirildi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishRabota PVO "Tor M2U" v zone provedeniya spetsoperatsii. Arxivnoe foto
Rabota PVO Tor M2U v zone provedeniya spetsoperatsii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina raketasi Rossiya havo mudofaa tizimlari tomonidan o‘z vaqtida aniqlangan va havoda urib tushirilgan.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Qrimda Ukrainaning S-200 raketasi urib tushirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukraina qo‘shinlari Qrimdagi nishonlarga hujum qilish uchun foydalanayotgan S-200 raketasini urib tushirdi.
“19 avgustga o‘tar kechasi Kiyev rejimi Qrim hududida zarba berish versiyasiga aylantirilgan S-200 havo mudofaa tizimining zenit raketasi bilan terrorchilik hujumini amalga oshirishga urindi. Ukraina raketasi Rossiya havo mudofaa tizimlari tomonidan o‘z vaqtida aniqlangan va havoda urib tushirilgan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, qurbonlar va vayronalar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 12-avgust kuni ular konvertatsiya qilingan S-200 raketalari bilan Qrim ko‘prigiga ikki marta hujum qilishga uringan edi. Zelenskiy Qrim ko‘prigiga hujum qilishga urinish uchun javobgarlikni tan olgan. Qrim va Sevastopolda terrorchilik xavfining sariq darajasi mavjud.
Yangiliklar lentasi
0