Toshkent metrosining ayrim bekatlari 4 oyga yopiladi — endi yo‘lovchilar qanday harakatlanadi?

© Sputnik / Aktan TemirkanovToshkent metrosining Kosmonavtlar bekati.
Toshkent metrosining Kosmonavtlar bekati. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2023
Obuna bo‘lish
“Turkiston-Yunusobod–Shahriston" metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi metrobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishidagi “Turkiston”, “Yunusobod” bekatlari 26-avgustdan yopiladi, deya xabar berdi "Toshkent metropoliteni".
Qayd etilishicha, mazkur bekatlar 4 oy muddatga yopiladi va bu muddat davomida rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, poyezdlar harakati “Shahriston” va “Ming O‘rik” bekatlari oralig‘ida odatiy tarzda harakatlanishi davom etadi va bu yo‘nalishda poyezdlar harakati oraliq vaqti (interval) 5 daqiqagacha qisqartiriladi.
“Turkiston-Yunusobod–Shahriston metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi", deyiladi xabarda.
Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 06:00 dan tungi 00:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Aytilishicha, “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari qariyb 3-yildan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yer osti metro tonnelari va bekatlari ma’lum muddat ekspluatatsiya qilinganidan so‘ng, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish lozim.
Yangiliklar lentasi
0