https://oz.sputniknews.uz/20230819/toshkent-boshpanasiz-kishilar-hikoyalar-38014337.html
O‘g‘li uyni o‘yinda yutqazib qo‘ygan — Toshkentdagi boshpanasizlar hikoyalari
O‘g‘li uyni o‘yinda yutqazib qo‘ygan — Toshkentdagi boshpanasizlar hikoyalari
Sputnik O‘zbekiston
Boshpanasizlikning eng keng tarqalgan sabablaridan biri bu - uy-joyni o‘yinda yutqazib qo‘yish yoki sotishdir.
2023-08-19T13:57+0500
2023-08-19T13:57+0500
2023-08-19T14:25+0500
video
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/12/38003816_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_df8bff7d5046ab44ea788c9cc3c443ad.jpg
Toshkent shahar IIB huzurida 2018-yilda boshpanasizlar uchun Mehribonlik uyi ochilgan. Bugungi kunda boshpana Nargiza Tulkunova tomonidan boshqariladi.Toshkent shahridagi “Mehr-saxovat uyi” reabilitatsiya markazida bugungi kunda 112 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ularning har birining o‘z hikoyasi bor, lekin ularning barchasini bir narsa birlashtiradi - bu odamlarning barchasi boshpanasiz qolgan. Uch o‘smir bola bu makonning ilk a’zolari bo‘lgan. Ular hali ham shu yerda yashab kelishmoqda. Mehribonlik uyining boshqa aholisi orasida sobiq sportchilar, buxgalterlar, qamoq jazosini o‘tagan odamlar bor.Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun ko‘p odamlar ko‘chada qolmoqda. Eng keng tarqalgan sabablardan biri bu ularning yaqinlari boshqa oila a’zolarini hisobga olmasdan uy-joyni o‘yinda yutqazib qo‘yishi yoki sotishidir.Shunday voqealardan biri yaqinda yuz berdi. Erkak o‘g‘li onlayn kazinoda kvartirasini yutqazgani uchun boshpanaga tushib qoldi.U uch oy davomida “Mehribonlik uyi”da yashadi. Keyin uni bo‘lib o‘tgan voqealardan xabari bo‘lmagan jiyani olib ketgan. Boshpana besh yil ichida ikkita og‘ir inqirozni boshdan kechirdi. Bu boshpanada o‘nlab kishilarning hayotiga zomin bo‘lgan COVID-19 pandemiyasi hamda 2023-yil yanvaridagi anomal sovuq.Bugungi kunda uyidan ayrilgan odamlar qanday yashamoqda, nega ular hech kimga ishonmaydilar, boshpanada er-xotinlar bormi va nega direktor Mehribonlik uyiga qaytgan - bu va yana ko‘p narsalar haqida Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/12/38003816_514:45:1616:871_1920x0_80_0_0_1580da35e49b6a82557517a3a43dea56.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
toshkent boshpanasiz kishilar hikoyalar o‘zbekiston
toshkent boshpanasiz kishilar hikoyalar o‘zbekiston
O‘g‘li uyni o‘yinda yutqazib qo‘ygan — Toshkentdagi boshpanasizlar hikoyalari
13:57 19.08.2023 (yangilandi: 14:25 19.08.2023) Boshpanasizlikning eng keng tarqalgan sabablaridan biri bu - uy-joyni o‘yinda yutqazib qo‘yish yoki sotishdir.
Toshkent shahar IIB huzurida 2018-yilda boshpanasizlar uchun Mehribonlik uyi ochilgan. Bugungi kunda boshpana Nargiza Tulkunova tomonidan boshqariladi.
Toshkent shahridagi “Mehr-saxovat uyi” reabilitatsiya markazida bugungi kunda 112 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ularning har birining o‘z hikoyasi bor, lekin ularning barchasini bir narsa birlashtiradi - bu odamlarning barchasi boshpanasiz qolgan.
Uch o‘smir bola bu makonning ilk a’zolari bo‘lgan. Ular hali ham shu yerda yashab kelishmoqda.
"Dinara, Bahodir va Bunyod. Bolalarni ko‘chada qoldirib ketishgan edi. Bizda faqat shu bino bor edi, hatto tomi ham yo‘q edi. Ularni garajimizga joylashtirdik, karavot qo‘yib berdik. Ularni ovqatlantirdik", dedi Nargiza To‘lqinova.
Mehribonlik uyining boshqa aholisi orasida sobiq sportchilar, buxgalterlar, qamoq jazosini o‘tagan odamlar bor.
"Bu odamlar ham bir vaqtlar yaxshi yashagan. Ular ko‘chada uysiz qolishlarini qayerdan ham bilishardi? Ko‘chadan o‘tib ketayotganlar ularga jirkanib qarashadi va kelajakda ularni nima kutayotganini bilishmaydi", deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun ko‘p odamlar ko‘chada qolmoqda. Eng keng tarqalgan sabablardan biri bu ularning yaqinlari boshqa oila a’zolarini hisobga olmasdan uy-joyni o‘yinda yutqazib qo‘yishi yoki sotishidir.
Shunday voqealardan biri yaqinda yuz berdi. Erkak o‘g‘li onlayn kazinoda kvartirasini yutqazgani uchun boshpanaga tushib qoldi.
"Bu odam juda og‘ir ahvolda edi - u kasal edi, u ham oilasini va nevaralarini juda sog‘inardi", deb eslaydi direktor.
U uch oy davomida “Mehribonlik uyi”da yashadi. Keyin uni bo‘lib o‘tgan voqealardan xabari bo‘lmagan jiyani olib ketgan.
Boshpana besh yil ichida ikkita og‘ir inqirozni boshdan kechirdi. Bu boshpanada o‘nlab kishilarning hayotiga zomin bo‘lgan COVID-19 pandemiyasi hamda 2023-yil yanvaridagi anomal sovuq.
"Bizda hali ham yaxshi insonlar bor! Shunday odamlar, qizlar, yigitlar, shunday oilalar borki, ular doim bu yerga kelib yordam berishadi, o‘zlari taom tayyorlashadi", dedi u.
Bugungi kunda uyidan ayrilgan odamlar qanday yashamoqda, nega ular hech kimga ishonmaydilar, boshpanada er-xotinlar bormi va nega direktor Mehribonlik uyiga qaytgan - bu va yana ko‘p narsalar haqida Sputnik muxbiri bilan suhbatda.