https://oz.sputniknews.uz/20230819/qon-bosimi-dori-kotarish-shifokor-38017639.html
Qon bosimi pasayganda uni dorisiz qanday ko‘tarish mumkin — shifokor javobi
Qon bosimi pasayganda uni dorisiz qanday ko‘tarish mumkin — shifokor javobi
Sputnik O‘zbekiston
Uy sharoitida sho‘r baliq, ziravorlar bilan ishlov berilgan guruch iste’mol qilish, qahva ichish qon bosimini oshiradi.
2023-08-19T16:58+0500
2023-08-19T16:58+0500
2023-08-19T16:58+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shifokor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/663/73/6637322_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_79e0bf4c7d25321887648b26f011efad.jpg
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Qon bosimi kasalligiga chalingan bemorlar taomnomasida mineral moddalar va V, S, R vitaminlari yetarli miqdorda bo‘lishi kerak. Bu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Maslahat poliklinikasi mudiri Oybek O‘rinov ma’lum qildi. Shuningdek, gipotoniklar har kuni boshqalarga nisbatan 2-3 stakan ko‘proq suv ichishga odatlanishlari kerak. Sport bilan shug‘ullanish ham qon bosimi pasayishining oldini olishga yordam beradi. Buning uchun piyoda sayr qilish, suzish, serharakat o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lish lozim. Bu esa organizmda qon aylanishini yaxshilab, tana a’zolarining bir maromda ishlashini ta’minlaydi.Quloqlarning og‘riqli nuqtasi va qo‘l va oyoqlardagi barmoqlar uchini uqalash ham organizm faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.Shu bilan birga, uy sharoitida sho‘r baliq, ziravorlar bilan ishlov berilgan guruch iste’mol qilish, qahva ichish (qachonki uni kam iste’mol qiladigan insonlar ichganda) qon bosimini oshiradi.Biroq sho‘r mahsulotlar bilangina qon bosimini ko‘tarish to‘g‘ri emas. Boisi natriy yurak yetishmovchiligi (ayniqsa, yoshi katta insonlarda) va boshqa kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/663/73/6637322_71:0:971:675_1920x0_80_0_0_f4b5abe5c5ba23b2f1fa5f7216add7e1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qon bosimi pasayish dor ko‘tarish shifokor ovqat kofe baliq guruch ziravor
qon bosimi pasayish dor ko‘tarish shifokor ovqat kofe baliq guruch ziravor
Qon bosimi pasayganda uni dorisiz qanday ko‘tarish mumkin — shifokor javobi
Uy sharoitida sho‘r baliq, ziravorlar bilan ishlov berilgan guruch iste’mol qilish, qahva ichish qon bosimini oshiradi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Qon bosimi kasalligiga chalingan bemorlar taomnomasida mineral moddalar va V, S, R vitaminlari yetarli miqdorda bo‘lishi kerak. Bu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Maslahat poliklinikasi mudiri Oybek O‘rinov
ma’lum qildi. “Albatta. Biroq gipotoniya belgilari kuzatilganda, eng avvalo, shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Aks holda biron bir yashirin kechayotgan jiddiy kasallikni o‘tkazib yuborish mumkin”, — deydi mutaxassis.
Shuningdek, gipotoniklar har kuni boshqalarga nisbatan 2-3 stakan ko‘proq suv ichishga odatlanishlari kerak. Sport bilan shug‘ullanish ham qon bosimi pasayishining oldini olishga yordam beradi. Buning uchun piyoda sayr qilish, suzish, serharakat o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lish lozim. Bu esa organizmda qon aylanishini yaxshilab, tana a’zolarining bir maromda ishlashini ta’minlaydi.
Quloqlarning og‘riqli nuqtasi va qo‘l va oyoqlardagi barmoqlar uchini uqalash ham organizm faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
“Bundan tashqari, ushbu kasallikka chalingan bemorlar taomnomasida mineral moddalar va V, S, R vitaminlari yetarli miqdorda bo‘lishi kerak. Ayniqsa, gipotoniyada suli yormasi va grechixadan tayyorlangan bo‘tqalar juda foydali. Lekin xamir va yog‘li ovqatlarni kamroq iste’mol qilish maqsadga muvofiq”, deya qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga, uy sharoitida sho‘r baliq, ziravorlar bilan ishlov berilgan guruch iste’mol qilish, qahva ichish (qachonki uni kam iste’mol qiladigan insonlar ichganda) qon bosimini oshiradi.
Biroq sho‘r mahsulotlar bilangina qon bosimini ko‘tarish to‘g‘ri emas. Boisi natriy yurak yetishmovchiligi (ayniqsa, yoshi katta insonlarda) va boshqa kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.