O‘zbekistonlik dzudochilar Xorvatiyada o‘tayotgan musobaqada sovrindor bo‘lishdi

© pexels/Kampus ProductionDzudo
Dzudo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2023
Obuna bo‘lish
Sardor Nurillayev va Muhriddin Tilovov sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik dzudochilar Xorvatiyada o‘tayotgan musobaqada sovrindor bo‘lishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Xorvatiyada start olgan dzudo bo‘yicha Zagreb Gran-prisining birinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli o‘tdi.
Unda -66 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sardor Nurillayev va Muhriddin Tilovov sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
© NOKXorvatiyada start olgan dzudo bo‘yicha Zagreb Gran-prisining birinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli o‘tdi.
Perviy den Gran-Pri Zagreb-2023, startovavshego v Xorvatii, slojilsya dlya sbornoy Uzbekistana udachno.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2023
Xorvatiyada start olgan dzudo bo‘yicha Zagreb Gran-prisining birinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli o‘tdi.
Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Nurillayev qiziqarli kechgan finalda braziliyalik Villian Limaga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Bronza medali uchun kechgan bellashuvda ispaniyalik David Torneni mag‘lub etgan Tilovov esa shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Ushbu muvaffaqiyat orqali jahon va Parij-2024 reytingi uchun Nurillayev 490, Tilovov esa 350 ochkoni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ymoqda.
Yangiliklar lentasi
0