Adliya vazirligi ota-onalarni farzandiga kino qaxramonlarining ismini qo‘ymaslikka chaqirdi

CC0 / rawpixel.com / Bolakay televizor ko‘rmoqda.
Bolakay televizor ko‘rmoqda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2023
Obuna bo‘lish
Bolaga ismi yoqmaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra uni o‘zgartirganlik holatlari uchramoqda.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. So‘ngi vaqtlarda ayrim ota-onalar farzandiga kino qaxramoni, mashxur sportchilarning ismini quyish holatlari uchramoqda, deya xabar berdi Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari.
Qayd etilishicha, so‘ngi vaqtlarda ayrim ota-onalar ma’lum bir sabablarga ko‘ra farzandi yoki nabiralariga “Oshin”, “Jumong”, “Ronaldo” va shu kabi kino qaxramoni, mashxur sportchilarning ismini quymoqda.
Ma’lum bir vaqtdan keyin esa bolaga ismi yoqmaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra uni o‘zgartirganlik holatlari uchramoqda.
“Bolaga ism ota-onaning kelishuviga binoan, ota ismi – otasining ismiga, shuningdek ota-onaning familiyasi bolaga otasining yoki onasining familiyasi yohud ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Agar ota-ona o‘rtasida bolaning ismi va (yoki) familiyasi bo‘yicha kelishuv bo‘lmaganda, kelib chiqqan nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
Qo‘shimcha qilinishicha, bolaga ism ota-onaning roziligiga ko‘ra beriladi. Qonunchilikda bolaning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga kelgusida uning sha’ni va qadrini kamsitishi mumkin bo‘lgan ism berilishiga yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0