Ta’lim krediti: shartlar va imtiyozlar

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishStudenti. Illyustrativnoe foto
Studenti. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2023
Obuna bo‘lish
Talaba ta’lim krediti summasini o‘qishni bitiriganidan so‘ng 7-yil davomida qaytarishi mumkin. Kredit olish shartlari bilan Sputnik materialida tanishing.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistondagi qator tijorat banklari tomonidan barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari talabalari uchun ta’lim kreditlari ajratiladi.
Kredit ish joyiga ega bo‘lmagan talabalarga ham beriladi. Buning uchun ularga kafil kerak bo‘ladi.
Demak, kreditni rasmiylashtirish va uning qaytarishda talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i) va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Tijorat banklari ta’lim kreditlarini 14 foiz stavkada ajratadi.
Talaba kredit summasini o‘qishni bitiriganidan so‘ng 7-yil davomida qaytarishi mumkin. Ya’ni talaba oyma-oy kredit uchun pul to‘lashi shart emas.
Tijorat banklari talabalardan ariza qabul qilganidan so‘ng 2 ish kuni mobaynida kontrakt pulini to‘lab beradi. Bunda bank talabaning 1-yillik ta’lim kreditini to‘liq (100%) miqdorda qoplab beradi.
Talaba keyingi yil uchun yana shu tartibda bankka qayta murojaat etishi kerak bo‘ladi.

Ta’lim kreditini olishda xotin-qizlar uchun qanday qulayliklar bor?

To‘lov kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlar foizsiz ta’lim krediti oladi. Lekin ularga kafil kerak bo‘ladi. Shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga garov va kafillarsiz foizsiz kreditlar ajratiladi.

Foizsiz ta’lim kreditlarini qaysi banklardan olish mumkin?

Talaba xotin-qizlar uchun 12 ta tijorat banki orqali foizsiz ta’lim krediti ajratiladi.
Kreditni foizsiz ajratadigan banklar:
“Mikrokredit bank”;
“Asaka bank”;
“Agrobank”;
“Xalq banki”;
“Ipoteka bank”;
“Qishloq qurilish bank”;
“Turon bank”;
“Oriyent finans bank”;
“Milliy bank”;
“O‘zsanoatqurilishbank";
“Hamkorbank”;
“Aloqa bank”.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
ariza;
to‘lov-kontrakt shartnomasi;
kreditni qaytarishning ta’minlanishi to‘g‘risida hujjat;
imtiyozli ta’lim kreditlari olish huquqiga ega bo‘lgan chin yetimlar, "Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironligi bo‘lganlar, kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

Ta’lim kreditini olish uchun onlayn murojaat etish ham mumkin

Talabalar uchun “talim-krediti.uz” platformasi ishga tushirilgan. Ushbu platforma orqali kredit olmoqchi bo‘lgan talabalar bankka bormasdan, platforma orqali onlayn ariza qoldirishlari mumkin.
© talim-krediti.uz“Talim-krediti.uz” platformasi
“Talim-krediti.uz” platformasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2023
“Talim-krediti.uz” platformasi
Ta’lim krediti olishni istagan talaba platformaga kirib, o‘zining shaxsini tasdiqlovchi xujjatidagi ma’lumotlarni kiritadi.
© talim-krediti.uz“Talim-krediti.uz” platformasi
“Talim-krediti.uz” platformasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2023
“Talim-krediti.uz” platformasi
So‘ng yashash manzili va ta’lim muassasasi, ta’lim shakli, kontrakt summasi va kredit summasi, mo‘ljallangan bank nomi haqidagi ma’lumotlar hamda ta’lim muassasasi bilan ikki tomonlama shartnomaning PDF shaklini joylashi kerak.
© talim-krediti.uz“Talim-krediti.uz” platformasi
“Talim-krediti.uz” platformasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2023
“Talim-krediti.uz” platformasi
Ariza 2 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0