https://oz.sputniknews.uz/20230818/tadbirkorlar-kredit-garov-talabi-37991698.html
Ayrim tadbirkorlarga kredit olishda garov talabi 50 foizga kamaytiriladi
Ayrim tadbirkorlarga kredit olishda garov talabi 50 foizga kamaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev: o‘z biznesini yo‘lga qo‘ya olgan, “kredit va soliq tarixi” toza bo‘lgan tadbirkorlarga faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish uchun kredit olishda garov talabi 50 foizga kamaytiriladi
2023-08-18T14:12+0500
2023-08-18T14:12+0500
2023-08-18T14:12+0500
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/04/21226075_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_88573769746158ecc5db178eca03f0c6.jpg
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistonda “kredit va soliq tarixi” toza bo‘lgan tadbirkorlarga kredit olishda garov talabi 50 foizga kamaytiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davomida ma’lum qildi.Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hududlardagi kichik biznes markazlarida o‘qigan tadbirkorlarning loyihalarini eng qulay shartlarda moliyalashtirish yo‘lga qo‘yiladi.Bunda kichik biznes loyihasining 10 foiziga tadbirkor investitsiya kiritsa, 45 foiziga “Biznesni rivojlantirish banki”ning o‘zi, qolgan 45 foizi uchun davlat ko‘magida resurs yo‘naltiriladi.Kreditlar tadbirkorlarga 5-7 yil muddatga imtiyozli shartlar asosida beriladi. Ushbu mablag‘larning 150 million dollari bo‘yicha kredit liniyalari 1-oktabrdan ochiladi.“O‘z biznesini yo‘lga qo‘ya olgan, “kredit va soliq tarixi” toza bo‘lgan tadbirkorlarga faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish uchun kredit olishda garov talabi 50 foizga kamaytiriladi”, - dedi Mirziyoyev.Shuningdek, loyiha doirasida olib kiriladigan asbob-uskunani sug‘urtalash, xom-ashyo va materiallarni sertifikatlash xarajatlari markazlar tomonidan qoplab beriladi.Umuman, dasturda ishtirok etayotgan kichik biznes korxonalari faoliyatini uch yilgacha tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/04/21226075_0:93:1654:1333_1920x0_80_0_0_c56a01a37d12febffa30d82d1f03dd6c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tadbirkorlar kredit olish garov talabi prezident
tadbirkorlar kredit olish garov talabi prezident
Ayrim tadbirkorlarga kredit olishda garov talabi 50 foizga kamaytiriladi
Dasturda ishtirok etayotgan kichik biznes korxonalari faoliyatini uch yilgacha tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistonda “kredit va soliq tarixi” toza bo‘lgan tadbirkorlarga kredit olishda garov talabi 50 foizga kamaytiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davomida
ma’lum qildi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hududlardagi kichik biznes markazlarida o‘qigan tadbirkorlarning loyihalarini eng qulay shartlarda moliyalashtirish yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda kichik biznes loyihasining 10 foiziga tadbirkor investitsiya kiritsa, 45 foiziga “Biznesni rivojlantirish banki”ning o‘zi, qolgan 45 foizi uchun davlat ko‘magida resurs yo‘naltiriladi.
Kreditlar tadbirkorlarga 5-7 yil muddatga imtiyozli shartlar asosida beriladi. Ushbu mablag‘larning 150 million dollari bo‘yicha kredit liniyalari 1-oktabrdan ochiladi.
“O‘z biznesini yo‘lga qo‘ya olgan, “kredit va soliq tarixi” toza bo‘lgan tadbirkorlarga faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish uchun kredit olishda garov talabi 50 foizga kamaytiriladi”, - dedi Mirziyoyev.
Shuningdek, loyiha doirasida olib kiriladigan asbob-uskunani sug‘urtalash, xom-ashyo va materiallarni sertifikatlash xarajatlari markazlar tomonidan qoplab beriladi.
Umuman, dasturda ishtirok etayotgan kichik biznes korxonalari faoliyatini uch yilgacha tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.