Qibray tumaniga yangi hokim tayinlandi — u haqida nimalar ma’lum

© Xokimiyat Tashkentskoy oblastiQibray tumaniga yangi hokim tayinlandi
Qibray tumaniga yangi hokim tayinlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2023
Obuna bo‘lish
Ohangaron tumani prokurori Qibray tumaniga hokim bo‘ldi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Qibray tumaniga yangi hokim tayinlandi, deya xabar berdi Toshkent viloyati hokimligi.
Adliya maslahatchisi Muzaffar Rashidov Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi.
Rashidov 1987-yil Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan.
Ma’lumoti – oliy. 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar Ohangaron tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0