Putin Kiyevni katta yo‘qotishlarni istamagani uchun olmadi — Lukashenko
10:16 18.08.2023 (yangilandi: 12:01 18.08.2023)
© Sputnik / Vitaliy AnkovBelarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.
© Sputnik / Vitaliy Ankov
Obuna bo‘lish
Lukashenko: Putin Kiyevni olmadi. Chunki u aholi orasida katta yo‘qotishlar bo‘lishini istamaydi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Vladimir Putin Kiyevni olishdan bosh tortdi. Chunki u fuqarolar orasida katta yo‘qotishlar bo‘lishini istamadi. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Lukashenko 2022-yil fevral oyi boshida bergan intervyusida Rossiya qo‘shinlari Kiyevni oladi deb bashorat qilgan edi.
"Bu majoziy ma’noda aytildi: uch-to‘rt kun ichida. Bilasizmi, bir-ikki oy davomida Kiyev chekkasidagi Gostomelda Rossiya Federatsiyasi qo‘shinlari bor edi... Men bu borada Putin bilan suhbatlashdim. Men aytdim: urush bu urush, lekin urush tugashi uchun biz poytaxtni olishimiz kerak. U menga javoban - bilasizmi, buni darhol, bir zumda amalga oshirish mumkin, lekin juda ko‘p odamlar halok bo‘ladi", - dedi Lukashenko ukrainalik jurnalist Diana Panchenkoga bergan intervyusida.
Belarus prezidentining tushuntirishicha, Ukraina qo‘shinlari Kiyev ko‘chalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tez uchar raketa tizimini olib chiqib, bolalar bog‘chalari, maktablar va shifoxonalar orqasiga yashirinib olishgan.
"Keyin u yerdan rus qo‘shinlari jo‘nab ketishdi. Ular ketishdi! Va u yerda hech qanday Zelenskiyga tegishli narsa aks etmadi. U yerda aslida uning hech qanday qo‘shinlari ham bo‘lmagan... U bekorga o‘zida bo‘lmagan jasoratni ko‘rsatmoqda", - deya qo‘shimcha qildi u.
Uning aytishicha, Putin bu qo‘shinlarni Kiyevdan olib chiqib ketdi. "Zelenskiy esa o‘sha paytda yerto‘lada yashirinib o‘tirgan edi!”, - deya ta’kidladi Lukashenko.