O‘zbekistonda talabalar uchun 12 qavatli turarjoy binosi qurilmoqda — video

© Namanganskiy injenerno-stroitelniy institutNamanganda 12 qavatli talabalar turar-joyi binosi qurilmoqda.
Namanganda 12 qavatli talabalar turar-joyi binosi qurilmoqda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2023
Obuna bo‘lish
Turar joy 1000 o‘rinli. Uni qurishga 86 mlrd 300 mln so‘m sarflanadi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Namanganda 12 qavatli talabalar turarjoyi binosi qurilmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Namangan muhandislik-qurilish institutining Islom Karimov ko‘chasidagi talabalar turar-joyi hududida 12 qavatli turarjoy binosi qurilmoqda.

“Umumiy loyiha qiymati 86 mlrd 300 mln so‘m. Turarjoy binosi 1000 o‘rinli”, - deyiladi xabarda.

“Nifrit impeks” MChJ tomonidan mazkur bino qurilishi 2023-yil oxiriga qadar yakunlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Institut tasarrufida hozirgi kunda 2 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, ularning umumiy sig‘imi 800 o‘rinni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ishga tushgani ma’lum qilingandi. Markazda ko‘ngilli lider yoshlar hamda tutorlar faoliyat yuritib, turar joyga muhtoj talabalarning yotoqxona va ijara xonadonlari bilan ta’minlanishini nazorat qiladilar, ularga amaliy yordam berishdi.
Yangiliklar lentasi
0