https://oz.sputniknews.uz/20230818/ozbekiston-hunarmand-mahsulot-singapur-37975027.html
O‘zbekistonlik hunarmandlar o‘z mahsulotlarini Singapurda namoyish etishdi
O‘zbekistonlik hunarmandlar o‘z mahsulotlarini Singapurda namoyish etishdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasi “NATAS Holidays 2023” sayyohlik yarmarkasida ishtirok etdi.
2023-08-18T09:39+0500
2023-08-18T09:39+0500
2023-08-18T09:39+0500
turizm
singapur
o‘zbekiston
ko‘rgazma
hunarmandlar
mahsulot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/12/37975211_0:63:1200:738_1920x0_80_0_0_2a5f76c24cdbf7c10d7e127825a887bf.jpg
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik hunarmandlar Singapurda o‘tkazilgan yarmarkada o‘z mahsulotlarini namoyish etishdi, deya xabar berdi Turizim qo‘mitasi.Singapurda Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik turizm tadbirlaridan biri bo‘lgan “ NATAS Holidays 2023” xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi maqsadli hamkor sifatida ishtirok etdi.Delegatsiya tarkibidan O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ vakillari, shuningdek, mamlakatning taniqli hunarmandlari va O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi ijodkorlari o‘rin oldi.Uch kun davom etgan yarmarka jarayonlarida O‘zbekiston stendida yetakchi hunarmandlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar taqdim etildi, shuningdek, O‘zbekiston madaniyat namoyandalarining musiqiy chiqishlari ham tashkil etildi.Yarmarkada O‘zbekistondan tashqari Xitoy, Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Maldiv orollari, Makao va boshqa davlatlardan sayyohlik tashkilotlari ishtirok etdi.Aytilishicha, singapurlik sayyohlarning qiziqishi Buyuk Ipak yo‘lining qadim zamonlarda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari orqali o‘tganligi va bu shaharlar o‘z navbatida YuNESKOning Butunjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgani bilan bog‘liq.Uch kun davomida yarmarkaga 107 mingdan ortiq ishtirokchi tashrif buyurdi va O‘zbekiston tomoni bir qator turizm tashkilotlari bilan manfaatli kelishuvlarga erishdi.
singapur
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/12/37975211_67:0:1134:800_1920x0_80_0_0_acc3969df9e584af6fefe540f828d737.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston singapur natas holidays 2023 sayyohlik yarmarkasi
o‘zbekiston singapur natas holidays 2023 sayyohlik yarmarkasi
O‘zbekistonlik hunarmandlar o‘z mahsulotlarini Singapurda namoyish etishdi
O‘zbekiston delegatsiyasi “NATAS Holidays 2023” sayyohlik yarmarkasida ishtirok etdi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik hunarmandlar Singapurda o‘tkazilgan yarmarkada o‘z mahsulotlarini namoyish etishdi, deya xabar berdi
Turizim qo‘mitasi. Singapurda Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik turizm tadbirlaridan biri bo‘lgan “ NATAS Holidays 2023” xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi maqsadli hamkor sifatida ishtirok etdi.
Delegatsiya tarkibidan O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ vakillari, shuningdek, mamlakatning taniqli hunarmandlari va O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi ijodkorlari o‘rin oldi.
Uch kun davom etgan yarmarka jarayonlarida O‘zbekiston stendida yetakchi hunarmandlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar taqdim etildi, shuningdek, O‘zbekiston madaniyat namoyandalarining musiqiy chiqishlari ham tashkil etildi.
Yarmarkada O‘zbekistondan tashqari Xitoy, Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Maldiv orollari, Makao va boshqa davlatlardan sayyohlik tashkilotlari ishtirok etdi.
“O‘zbekiston stendi singapurliklarning Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya va Janubi-Sharqiy mintaqaning boshqa mamlakatlariga an’anaviy sayohatlaridan farq qiluvchi mutlaqo yangi yo‘nalish sifatida ularda katta qiziqish uyg‘otdi”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, singapurlik sayyohlarning qiziqishi Buyuk Ipak yo‘lining qadim zamonlarda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari orqali o‘tganligi va bu shaharlar o‘z navbatida YuNESKOning Butunjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgani bilan bog‘liq.
Uch kun davomida yarmarkaga 107 mingdan ortiq ishtirokchi tashrif buyurdi va O‘zbekiston tomoni bir qator turizm tashkilotlari bilan manfaatli kelishuvlarga erishdi.