O‘zbekistondagi eng faol tadbirkorlar qaysi viloyatda

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana“Siyovush tekstil” korxonasi.
“Siyovush tekstil” korxonasi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2023
Obuna bo‘lish
"Faol tadbirkor" ko‘krak nishoni bilan eng ko‘p Buxoro va Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahridagi tadbirkorlar taqdirlandi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Eng ko‘p “Faol tadbirkor” Buxoro viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu prezident taqdirlash to‘g‘risidagi imzolagan tegishli farmondan ma’lum bo‘ldi.
Prezident butun respublika bo‘yicha 126 nafar tadbirkorni "Faol tadbirkor" ko‘krak nishoni ko‘krak nishoni bilan taqdirladi. Ularning eng ko‘pi Buxoro va Farg‘ona viloyatlari hamdaToshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.
Buxoro viloyati 16 nafar
Farg‘ona viloyati 13 nafar
Toshkent shahri 13 nafar
Sirdaryo viloyati 10 nafar
Surxondaryo viloyati 10 nafar
Toshkent viloyati 9 nafar
Samarqand viloyati 9 nafar
Andijon viloyati 7 nafar
Jizzax viloyati 7 nafar
Navoiy viloyati 7 nafar
Namangan viloyati 7 nafar
Qashqadaryo viloyati 6 nafar
Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 6 nafar
Xorazm viloyati 6 nafar
Mazkur ko‘krak nishoni tadbirkorlarga sohani rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, mamlakatning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish borasidagi katta xizmatlari, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun berildi.
Shuningdek, tadbirkorlarning biznesda erishayotgan amaliy natijalari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki inobatga olingan.
Yangiliklar lentasi
0