Mirziyoyev qator tadbirkorlarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaXalqaro kongresc markazida prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro kongresc markazida prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev ishbilarmonlarni ushbu bayram bilan tabriklab, o‘zining chuqur hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev qator tadbirkorlarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi.
Xalqaro kongresc markazida prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Bunday uchrashuv ilk bor 2021-yil 20-avgustda tashkil etilgan edi. Davlat rahbarining taklifi bilan bu an’anaga aylandi hamda mazkur sana mamlakatda “Tadbirkorlar kuni” etib belgilandi.
Tadbir avvalida Shavkat Mirziyoyev ishbilarmonlarni ushbu bayram bilan tabriklab, o‘zining chuqur hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Mejdunarodnom kongress-sentre proxodit otkritiy dialog prezidenta respubliki Uzbekistan s predprinimatelyami.
V Mejdunarodnom kongress-sentre proxodit otkritiy dialog prezidenta respubliki Uzbekistan s predprinimatelyami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2023
"Har bir mamlakatda tadbirkorlar katta kuch-qudrat bo‘lib kelgan. O‘zbekistonimizda ham iqtisodiyotni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarni obod etishga harakat qilyapmiz. Bunga eng katta hissa qo‘shayotgan kim? Tadbirkorlar! Sizlar har biringiz qahramonsiz, fidoyisiz. Biz sizlar bilan faxrlanamiz", – dedi davlatimiz rahbari.
Biznesga sharoitlar natijasida bu soha izchil rivojlanayotgani qayd etildi. O‘tgan bir yilda kichik tadbirkorlar soni 40 mingtaga, o‘rta tadbirkorlar soni 2 mingtaga, yirik korxonalar soni esa 400 taga ko‘paygan.
Berilgan yengilliklardan foydalanib, bir yilda 155 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 million dollardan oshgan. Kiritilgan yillik xorijiy sarmoyalar hajmi esa ilk bor 10 milliard dollarga yetgan.
Prezidentning 18-avgustdagi farmoniga muvofiq, mamlakat iqtisodiy qudrati va aholi farovonligini yuksaltirishda namuna ko‘rsatayotgan 44 nafar fuqaro davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Bayram tadbirida ularga ana shu unvon, orden va medallar topshirildi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
V Mejdunarodnom kongress-sentre proxodit otkritiy dialog prezidenta respubliki Uzbekistan s predprinimatelyami. - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
V Mejdunarodnom kongress-sentre proxodit otkritiy dialog prezidenta respubliki Uzbekistan s predprinimatelyami. - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
V Mejdunarodnom kongress-sentre proxodit otkritiy dialog prezidenta respubliki Uzbekistan s predprinimatelyami. - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
Shuningdek, joylarda 126 nafar ilg‘or biznesmenga “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni topshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0