https://oz.sputniknews.uz/20230818/mirziyoev-tadbirkorlar-alohida-murojaat-37995511.html
Mirziyoyev tadbirkorlarga alohida murojaat bilan chiqdi
Mirziyoyev tadbirkorlarga alohida murojaat bilan chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: “xufiyona iqtisodiyot” ulushini karra-karra qisqartiramiz.
2023-08-18T14:58+0500
2023-08-18T14:58+0500
2023-08-18T15:00+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
tadbirkor
soliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/12/37995254_0:0:1254:705_1920x0_80_0_0_27ded3e55870336ae752412e4236b5cf.jpg
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistonda "xufiyona iqtisodiyot” ulushi qisqartiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davomida ma’lum qildi.Qayd etilishicha, muloqot davomida prezident tadbirkorlarga alohida murojaat bilan chiqdi.So‘nggi yetti yildagi soliq islohotlari, tadbirkorlarga berilgan yengillik va imtiyozlar natijasida ularning ixtiyorida 120 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ qoldi. Mana bugun ham juda katta qulayliklar berilmoqda.Ta’kidlanishicha, xalqda “qars ikki qo‘ldan chiqadi”, degan gap bor. Hozirgi kunda mamlakatda “xufiyona iqtisodiyot”ning ulushi 40 foiz atrofida. Kelgusi yillar uchun belgilab olgan reja va dasturlarimizni amalga oshirish oson bo‘lmasligi, lekin hayot sinovlarida toblangan, so‘zida ham, ishida ham qat’iy, mard va tashabbuskor tadbirkorlarimiz bor ekan, ko‘zlangan marralarga albatta erishilishiga ishonch bildirildi.Ayni paytda davlat rahbari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ularning fikr va takliflarini tinglamoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/12/37995254_109:0:1146:778_1920x0_80_0_0_0301eac3173e87836d863d79a6a40da2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev “xufiyona iqtisodiyot” ulushi tadbirkorlar o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev “xufiyona iqtisodiyot” ulushi tadbirkorlar o‘zbekiston
Mirziyoyev tadbirkorlarga alohida murojaat bilan chiqdi
14:58 18.08.2023 (yangilandi: 15:00 18.08.2023) Shavkat Mirziyoyev: “xufiyona iqtisodiyot” ulushini karra-karra qisqartiramiz.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistonda "xufiyona iqtisodiyot” ulushi qisqartiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davomida
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, muloqot davomida prezident tadbirkorlarga alohida murojaat bilan chiqdi.
So‘nggi yetti yildagi soliq islohotlari, tadbirkorlarga berilgan yengillik va imtiyozlar natijasida ularning ixtiyorida 120 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ qoldi. Mana bugun ham juda katta qulayliklar berilmoqda.
Ta’kidlanishicha, xalqda “qars ikki qo‘ldan chiqadi”, degan gap bor. Hozirgi kunda mamlakatda “xufiyona iqtisodiyot”ning ulushi 40 foiz atrofida.
"Biz to‘g‘ri ishlayotgan, ish o‘rni yaratayotgan, ilg‘or texnologiyalar joriy qilib, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirayotgan, eksportini oshirayotgan biznes vakillari uchun barcha sharoitlarni qilib berishga tayyormiz. Lekin soliqlardan qochib, o‘zining majburiyatlarini bajarmasdan kelayotgan qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlarga biz albatta murosasiz bo‘lamiz. Shu bois tadbirkorlarimiz o‘zlari ham bosh bo‘lib, bunday “nopok” ishbilarmonlar saflarida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasa, o‘ylaymanki, “xufiyona iqtisodiyot” ulushini karra-karra qisqartiramiz”, - dedi davlat rahbari.
Kelgusi yillar uchun belgilab olgan reja va dasturlarimizni amalga oshirish oson bo‘lmasligi, lekin hayot sinovlarida toblangan, so‘zida ham, ishida ham qat’iy, mard va tashabbuskor tadbirkorlarimiz bor ekan, ko‘zlangan marralarga albatta erishilishiga ishonch bildirildi.
Ayni paytda davlat rahbari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ularning fikr va takliflarini tinglamoqda.