https://oz.sputniknews.uz/20230818/mirziyoev-bmt-bosh-kotibining-tinchlik-masalalari-38010311.html
Mirziyoyev BMT bosh kotibining tinchlik masalalari bo‘yicha yordamchisini qabul qildi
Mirziyoyev BMT bosh kotibining tinchlik masalalari bo‘yicha yordamchisini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishnining tinchlik masalalari bo‘yicha yordamchisini qabul qildi
2023-08-18T21:55+0500
2023-08-18T21:55+0500
2023-08-18T21:55+0500
o‘zbekiston
bmt
shavkat mirziyoyev
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/12/38010507_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_5894fa188220f26fdab10c3a1841b984.jpg
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining siyosiy masalalar va tinchlikni barpo etish masalalari bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.Uchrashuv boshida Miroslav Yencha Shavkat Mirziyoyevga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi va BMT bundan buyon ham Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha ortga qaytmas islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi qayd etildi.Ma’lumot uchun, keyingi yillarda O‘zbekiston va BMT bilan hamkorligi yuksak darajaga chiqdi. Birgalikda qariyb 140 ta dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh assambleyasining 6 ta rezolyutsiyani qabul qildi.O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha kengash, Iqtisodiy va ijtimoiy kengash komissiyasi, YuNESKOning madaniy meros bo‘yicha qo‘mitasi va ko‘plab boshqa tuzilmalarda faol ishtirok etmoqda.Shuningdek 2023-yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda BMT Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha FAO konferensiyasi hamda Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh assambleyasining 25-yubiley sessiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/12/38010507_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_5fdf341e10b83b6f382de6cdc6710f61.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev bmt bosh kotibi antoniu guterrishnining tinchlik masalalari bo‘yicha yordamchisini qabul qildi
shavkat mirziyoyev bmt bosh kotibi antoniu guterrishnining tinchlik masalalari bo‘yicha yordamchisini qabul qildi
Mirziyoyev BMT bosh kotibining tinchlik masalalari bo‘yicha yordamchisini qabul qildi
Prezident BMT bosh kotibi vakili bilan O‘zbekiston va tashkilot orasida aloqalarni yanada rivojlantirish, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish masalasini muhokama qildi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining siyosiy masalalar va tinchlikni barpo etish masalalari bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuv boshida Miroslav Yencha Shavkat Mirziyoyevga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi va BMT bundan buyon ham Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha ortga qaytmas islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi qayd etildi.
Shuningdek, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va bu jarayonda BMTning mintaqaviy markazi rolini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Undan tashqari, uzoq muddatli Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro‘yobga chiqarish borasida BMT institut va markazlari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, keyingi yillarda O‘zbekiston va BMT bilan hamkorligi yuksak darajaga chiqdi. Birgalikda qariyb 140 ta dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh assambleyasining 6 ta rezolyutsiyani qabul qildi.
O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha kengash, Iqtisodiy va ijtimoiy kengash komissiyasi, YuNESKOning madaniy meros bo‘yicha qo‘mitasi va ko‘plab boshqa tuzilmalarda faol ishtirok etmoqda.
Shuningdek 2023-yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda BMT Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha FAO konferensiyasi hamda Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh assambleyasining 25-yubiley sessiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.