https://oz.sputniknews.uz/20230817/sardor-umurzakov-yangi-lavozimga-tayinlandi-37948996.html
Sardor Umurzakov yangi lavozimga tayinlandi
Sardor Umurzakov yangi lavozimga tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Sardor Umurzakov O‘zbekiston Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U 1977-yil 23-noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. 2019-yil 28-yanvarda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan, 2020-yil 10-martda esa bosh vazir o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan.
2023-08-17T15:55+0500
2023-08-17T15:55+0500
2023-08-17T16:17+0500
siyosat
sardor umurzakov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1d/23634894_0:0:1340:754_1920x0_80_0_0_2347166173df18aa97e66bc5772d02fe.jpg
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Sardor Umurzakov prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar qildi. Shu munosabat bilan Umurzakov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.Sardor Umurzakov 2022-yil iyulidan buyon Prezident administratsiyasi rahbari sifatida ishlab kelayotgan edi.Umurzakov 1977-yil 23-noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.2000-2003 yillar davomida Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tizimida (avvaliga bosh ofisda, so‘ng Samarqanddagi bo‘linmada) ishlagan. 2003-yilning noyabrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida (London shahri) faoliyat boshlagan.2007 yilda vatanga qaytgan Umrzoqov Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar G‘aznachiligi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.2014-2017 yillarda “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining maslahatchisi, 2017-2018 yillarda rais o‘rinbosari bo‘lgan. Uyushma qayta tashkil etilib, “O‘zcharmsanoat”ga aylantirilgach, 2018-2019 yillarda unga raislik qilgan.2019 yil 28-yanvarda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan, 2020-yil 10-martda esa bosh vazir o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1d/23634894_156:0:1088:699_1920x0_80_0_0_8d9d1e2259b6911c1dde9e5ea48abf0c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sardor umurzakov prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi yangi lavozim ma’lumot farmon biografiya sardor umrzoqov haqida malumot
sardor umurzakov prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi yangi lavozim ma’lumot farmon biografiya sardor umrzoqov haqida malumot
Sardor Umurzakov yangi lavozimga tayinlandi
15:55 17.08.2023 (yangilandi: 16:17 17.08.2023) Umurzakov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Sardor Umurzakov prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi
xabar qildi. Shu munosabat bilan Umurzakov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.
Sardor Umurzakov 2022-yil iyulidan buyon Prezident administratsiyasi rahbari sifatida
ishlab kelayotgan edi.Umurzakov 1977-yil 23-noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.
2000-2003 yillar davomida Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tizimida (avvaliga bosh ofisda, so‘ng Samarqanddagi bo‘linmada) ishlagan. 2003-yilning noyabrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida (London shahri) faoliyat boshlagan.
2007 yilda vatanga qaytgan Umrzoqov Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar G‘aznachiligi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2014-2017 yillarda “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining maslahatchisi, 2017-2018 yillarda rais o‘rinbosari bo‘lgan. Uyushma qayta tashkil etilib, “O‘zcharmsanoat”ga aylantirilgach, 2018-2019 yillarda unga raislik qilgan.
2019 yil 28-yanvarda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan, 2020-yil 10-martda esa bosh vazir o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan.