Qozog‘iston O‘zbekistonga qancha bug‘doy eksport qilgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishBug‘doy
Bug‘doy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2023
Obuna bo‘lish
Qozog‘istondan eksport qilinadigan bug‘doyning yarmi O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Qozog‘iston O‘zbekistonga 1,7 million tonna bug‘doy eksport qildi, deya xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.
Qayd etilishicha, shu yilning olti oyida Qozog‘iston 3,3 million tonna don eksport qilgan. Eksport hajmi 876,7 million dollarni tashkil etdi.
Mahsulotning asosiy qismi – 2,3 million tonnasi MDH davlatlariga jo‘natildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 25,5 foizga ko‘pdir.
Ekport qilingan davlatlar:
O‘zbekiston – 1,7 mln tonna;
Tojikiston - 325,1 ming tonna;
Turkmaniston - 156,1 ming tonna.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Qozog‘istondan 2,5 mln tonna bug‘doy, 374,5 ming tonna bug‘doy uni import qilgan.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida Qozog‘iston 2,2 mlrd dollar ulushga bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0