Prezident Administratsiyasida qator lavozimlar tugatildi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2023
Obuna bo‘lish
Prezident Administratsiyasining hududlardagi yordamchilari va kotibiyatlari faoliyati tugatildi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Prezident Administratsiyasida bir qator hududiy lavozimlar tugatildi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida:
Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamchilari lavozimlari;
Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamchilari kotibiyatlari;
Prezident Administratsiyasining Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamchilari kotibiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘’basi tugatildi.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Sardor Umurzakov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etilgan va prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0