Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPismennie prinadlejnosti
Pismennie prinadlejnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2023
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari farmoni bilan Administratsiyaning tuzilmasiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, farmon bilan Administratsiyaning tuzilmasiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
Avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari sifatida ishlab kelayotgan Sardor Umurzakov lavozimidan ozod etilgani va prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangani xabar qilingan edi.
Shuningdek, Sunnatilla Bekenov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ozod etilgan.
Furqat Rahimov ham Prezident administratsiyasining Ijro etuvchi apparati tahliliy materiallarni tayyorlash va administratsiya bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etildi. Rahimov bu lavozimda 2022-yil 1-noyabrdan beri ishlab kelayotgan edi. U investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi kotibiyati rahbari kabi lavozimlarda mehnat qilgan.
Yangiliklar lentasi
0