Ozarbayjonda o‘zbek zargarlik brendlari taqdim qilinadi

© Sputnik / Anna JelixovskayaUnikalnie serebranie ukrasheniya ot samarkandskix masterov
Unikalnie serebranie ukrasheniya ot samarkandskix masterov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2023
Obuna bo‘lish
Ozarbayjonda “Made in Uzbekistan” stendi bilan o‘zbek zargarlik brendlari taqdimoti o‘tkaziladi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. "O‘zbekzargarsanoati" uyushmasi delegatsiyasi Boku shahrida Ozarbayjon Zargarlar Assosatsiyasi vakillari bilan uchrashdi. Bu xaqda "O‘zbekzargarsanoati" uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida tashkilotlar o‘rtasida shakllangan aloqalar, qo‘shma ishlar va loyihalar, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Tomonlar bir qator potensial loyihalarga e’tibor qaratdi.
Jumladan:
Ozarbayjon ishlab chiqaruvchilari uchun xomashyo sifatida o‘zbek oltinining mavjudligi;
Ozarbayjon-O‘zbekiston kompaniyalari ishtirokida qo‘shma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va uchinchi davlatlarga eksport qilish;
O‘zbekistonda joylashgan savdo markazlarida “Made in Azerbaijan” stendi bilan Ozarbayjon zargarlik brendlari taqdimoti hamda Ozarbayjonda joylashgan savdo markazlarida “Made in Uzbekistan” stendi bilan o‘zbek zargarlik brendlari taqdimotini o‘tkazishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil yanvar oyida Ozarbayjon Zargarlar Assosatsiyasi va "O‘zbekzargarsanoati" uyushmasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Unga muvofiq, o‘tgan 3-yil mobaynida bir qator samarali loyihalar amalga oshirilgan. Xususan, ozarbayjonlik va o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun bir nechta biznes-forumlar tashkil etilib, 2021-yil Buxoro viloyatida zargarlik festivalida Ozarbayjon brendlari taqdimoti o‘tkazilgan.
Yangiliklar lentasi
0