Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 17-avgustning asosiy xabarlari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota raschetov RSZO "Tornado-G" 1-y gvardeyskoy tankovoy armii ZVO v LNR
Boyevaya rabota raschetov RSZO Tornado-G 1-y gvardeyskoy tankovoy armii ZVO v LNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina qurolli kuchlari kun davomida 900ga yaqin askarini yo‘qotdi, lekin sezilarli oldinga siljishi yoki boshqa natijalarga erisha olmadi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi 17-avgust hisoboti:

Donesk yo‘nalishida "Jnub" qo‘shinlar guruhi DXRning Zaliznyanskoe, Staromixaylovka va Krasnogorovka aholi punktlari hududlarida UQKnigng to‘rtta hujumini qaytardi. Bundan tashqari, Rossiya qo‘shinlari guruhi muvaffaqiyatli hujum operatsiyalarini amalga oshirdi va front chizig‘i bo‘ylab pozitsiyani yaxshiladi.
Dnepropetrovsk viloyatidagi Mejevaya stansiyasida o‘q-dorilar bo‘lgan harbiy eshelon yuk tushirish hududida raketa hujumi natijasida yo‘q qilindi.
Kun davomida dushmanning 310 nafar harbiy xizmatchi, bir tank, uchta zirhli jangovar mashinasi, to‘qqizta texnikasi va D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi front chizig‘i bo‘ylab pozitsiyani yaxshiladi, Xarkov viloyatining Olshana, Sinkovka va LXRning Novoselovskoe tumanlarida UQKning 14-mexanizatsiyalashgan, 25-havo-desant va 95-havo-desant brigadalarining oltita hujumini qaytardi.
UQK ushbu yo‘nalishda 125 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita pikap, "Tulpan" o‘ziyurar minomoti, M777 artilleriya tizimi va AQShda ishlab chiqarilgan M109 Paladin artilleriya moslamasini yo‘qotdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi Kuzmino qishlog‘i hududida UQKning 42-mexanizatsiyalashgan brigadasi hujum hujumini qaytardi. LXRning Kremennaya va Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida dushmanga kuchli zarba berildi.
UQK 55 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta avtomashina, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va ikkita D-30 gaubitsasini yo‘qotdi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi DXRning Priyutnoe, Zaporoje viloyatining Staromayorskoe va Rovnopol aholi punktlari hududlarida dushmanga kuchli artilleriya va aviatsiya zarbalari berishdi. Ushbu yo‘nalishda dushman yo‘qotishlari 175 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita tank, uchta zirhli jangovar mashina, ikkita transport vositasi, D-20 gaubitsasi va ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasini tashkil etdi.
Zaporojye yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari Rabotino qishlog‘i yaqinida UQKning 46-aeromobil brigadasining hujumini qaytardi va dushmangan aviatsiya, artilleriya va og‘ir o‘t o‘chirish tizimlari yordamida keng qamrovli zarba berdi. Dushman yo‘qotishlari 195 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, to‘rtta "Stryker" zirhli transportori, ikkita piyoda jangovar mashinasi, uchta avtomashina, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan FH-70 to‘pi va ikkita Msta-B va D-20 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida kuchli zarba oqibatida Ukraina bo‘linmalari 30 ga yaqin harbiy xizmatchi, 3 ta texnika, shuningdek, D-30 gaubitsasini yo‘qotdi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 138 ta hududda joylashgan ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
DXRning Lastochkino va Zaporoje viloyatining Ivanovskoe aholi punktlari hududlarida ikkita UQKning uchuvchisiz apparatlari boshqaruv punktiga zarba berildi.
DXRning Serebranka aholi punkti yaqinida UQKning 67-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmasi qo‘mondonlik va kuzatuv punkti va o‘q-dorilar omboriga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida bitta AQShda ishlab chiqilgan HIMARS reaktiv izimi raketasini tutib oldi.
LXRning Jitlovka, DXRning Soledar, Nikolayevka, Zarya, Orlinskoe, Zaporoje viloyatidagi Mirnoe va Xarkov viloyatining Olshana aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 18 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 459 ta samolyot, 246 ta vertolot, 5805 ta uchuvchisiz apparati, 431 ta zenit-raketa kompleksi, 11349 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1144 ta yoppasiga sht ochish reaktiv tizimlari jangovar texnikasi, 5918 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 12289 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0