Sanksiyalar ish bermadi, Ukrainaga endi pul ajaratilmasin — AQSh Kongressi vakili

© AP Photo / Cliff OwenChlen Palati predstaviteley SShA Mardjori Teylor Grin . Arxivnoe foto
Chlen Palati predstaviteley SShA Mardjori Teylor Grin . Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2023
Obuna bo‘lish
Marjori Teylor Grin Amerika ma’muriyatini Ukrainaga pul ajratish bas qilishga chaqirdi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Marjori Teylor Grin (Respublikachilar partiyasi vakili) Rossiyaga qarshi sanksiyalar muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ma’lum qildi va Amerika ma’muriyatini Ukrainaga pul ajratish bas qilishga chaqirdi.

“AQSh sanksiyalari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ukrainaga endi hech qanday pul ajratilmasin”, - deb yozdi u o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Grinning eslatishicha, AQSh Ukrainaga 113 milliard dollar jo‘natgan va har oy 1 milliard dollar yuborishni davom ettirmoqda.
“Rossiya boyigan sari boyib borapti, Amerika esa trillionlarga kambag‘allashmoqda”, - deya qayd etgan AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi.
Kuni kecha Shveysariyaning UBS banki hisobot e’lon qildi. Undan ma’lum bo‘lishicha, 2022-yilda ko‘plab mamlakatlarning, birinchi navbatda, AQShning boyligi 5,9 trillion dollarga kamaygan, Rossiyaniki esa 600 milliard dollarga ko‘paygan.
Yangiliklar lentasi
0