https://oz.sputniknews.uz/20230816/yol-qoidabuzarliklari-kamera-huquq-37909323.html
Yo‘l qoidabuzarliklarini xato aniqlagan kamera egalari unga bo‘lgan huquqdan mahrum etiladi
Yo‘l qoidabuzarliklarini xato aniqlagan kamera egalari unga bo‘lgan huquqdan mahrum etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Dasturiy-texnik vositalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuborilgan ma’lumotlardagi xatoliklarning umumiy soni besh va undan ortiq foizni tashkil etgan taqdirda ham tadbirkorlik subyektining obyektga nisbatan bo‘lgan mulk huquqi sud orqali bekor qilinadi. Tadbirkorlik subyektlariga 2021-yil 1-martdan boshlab yo‘llarga kameralar va radarlar o‘rnatishga ruxsat berilgan edi.
2023-08-16T12:44+0500
2023-08-16T12:44+0500
2023-08-16T12:45+0500
jamiyat
videokameralar
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/03/28733904_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_c54d546fc330f53874531f2135446065.jpg
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlashdagi xatolar uchun xususiy kamera egalari o‘z huquqidan mahrum qilinadi. Hukumat qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.Hujjatga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ishga tushirish muddatini 60 kundan 180 kunga uzaytiriladi.Tadbirkorlik auksion savdosida g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risidagi bildirishnomani olgan kundan boshlab 90 kun ichida obyektda dasturiy-texnik vositalarni o‘rnatish bilan bog‘liq biror-bir harakat (qurilish-montaj ishlari)ni amalga oshirmasa, kelishuv sud orqali bekor qilinadi.Dasturiy-texnik vositalar “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilingandan so‘ng ularni o‘n kun davomida sinov tariqasida ishlatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.Yo‘l harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasi taqsimlanishida tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozli davr 1-yildan 2-yilga uzaytiriladi.Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlarga 2021-yil 1-martdan boshlab yo‘llarga kameralar va radarlar o‘rnatishga ruxsat berilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20221003/toshkentning-markaziy-kochasiga-intelektual-kamera-ornatildi-28729300.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/03/28733904_340:0:3071:2048_1920x0_80_0_0_93659ee4a8884894cccddb62269038f7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yo‘l qoidabuzarliklarini xato aniqlagan kamera tadbirkor radar
yo‘l qoidabuzarliklarini xato aniqlagan kamera tadbirkor radar
Yo‘l qoidabuzarliklarini xato aniqlagan kamera egalari unga bo‘lgan huquqdan mahrum etiladi
12:44 16.08.2023 (yangilandi: 12:45 16.08.2023) Endi yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlovchi xususiy kameralar ma’lumotlarida 5 foizdan ortiq xatolikka yo‘l qo‘yilsa, tadbirkorlar egalik huquqidan mahrum bo‘ladi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlashdagi xatolar uchun xususiy kamera egalari o‘z huquqidan mahrum qilinadi. Hukumat qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
“Dasturiy-texnik vositalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuborilgan ma’lumotlardagi xatoliklarning umumiy soni besh va undan ortiq foizni tashkil etgan taqdirda ham tadbirkorlik subyektining obyektga nisbatan bo‘lgan mulk huquqi sud orqali bekor qilinadi”, - deyiladi O‘zA xabarida.
Hujjatga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ishga tushirish muddatini 60 kundan 180 kunga uzaytiriladi.
Tadbirkorlik auksion savdosida g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risidagi bildirishnomani olgan kundan boshlab 90 kun ichida obyektda dasturiy-texnik vositalarni o‘rnatish bilan bog‘liq biror-bir harakat (qurilish-montaj ishlari)ni amalga oshirmasa, kelishuv sud orqali bekor qilinadi.
Dasturiy-texnik vositalar “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilingandan so‘ng ularni o‘n kun davomida sinov tariqasida ishlatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Yo‘l harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasi taqsimlanishida tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozli davr 1-yildan 2-yilga uzaytiriladi.
Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlarga 2021-yil 1-martdan boshlab yo‘llarga kameralar va radarlar o‘rnatishga
ruxsat berilgan edi.