Ukraina tufayli. AQSh butun dunyo bo‘ylab ittifoqchilarini yo‘qotganini tan oldi

© AP Photo / Evan VucciJo Baydenning Kiyevga tashrifi. 20-fevral 2023-yil
Jo Baydenning Kiyevga tashrifi. 20-fevral 2023-yil - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2023
Obuna bo‘lish
Bor diqqat-e’tiborini Ukrainaga qaratgan AQSh Yaqin Sharq, Afrika va Lotin Amerikasida o‘zining an’anaviy ittifoqchilarini yo‘qotmoqda.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Hamma e’tiborni Kiyevga qaratgan Oq uy butun dunyo bo‘ylab hamkorlarini yo‘qotmoqda. Amerika ommaviy axborot vositalari ushbu vaziyatdan tobora ko‘proq tashvish bildirmoqda. Potensial ittifoqchilar muqobil variant sifatida Moskva va Pekinni ko‘rib chiqayotgani Amerikada alohida tashvish uyg‘otmoqda.

"Global tashvish"

"Newsweek" nashri maqola e’lon qildi, uning asosiy mavzusi Rossiya va Livan munosabatlari. Muallif ta’kidlaganidek, Kreml o‘zining Yaqin Sharqdagi o‘sib borayotgan ta’siridan jimgina foydalanishga harakat qilmoqda va bu AQShning Ukrainadan tashqari barcha muhim tashqi siyosat sohalaridan voz kechgani bilan bog‘liq.
© AP Photo / Bilal HusseinBayrutdagi BMT ofisi oldida Rossiyani qo‘llab-quvvatlash akksiyasi, 20-mart 2022-yil.
Aksiya v podderjku Rossii pered zdaniyem shtab-kvartiri OON v Beyrute 20-marta 2022 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2023
Bayrutdagi BMT ofisi oldida Rossiyani qo‘llab-quvvatlash akksiyasi, 20-mart 2022-yil.
Moskva uchun Bayrut bilan yaqinlashish yangi portlar va savdo bozorlarini ochishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, "Newsweek" sharhlovchisi fikricha, G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tish imkonini beradi. Rossiya Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Igor Matveyevning ta’kidlashicha, Rossiya Livanning energetika sektori va tabiiy resurslariga kirishga, qo‘shma loyihalarni faollashtirishga qodir.
Bayrut Moskvaning AQShni tashvishga solayotgan yagona ittifoqchisi emas. Uning Yaqin Sharqdagi faoliyati Suriyada mustahkam o‘rnashib olish, Afrika mamlakatlari (yaqinda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan sammitda ko‘rsatilgan) va Fors ko‘rfazi davlatlari bilan yaqinlashishni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, Davlat departamenti vakili ta’kidlashiga ko‘ra, "Vashington Rossiyaning faqat biror bir davlatga bilan munosabatlarini rivojlantirishga urinishidan emas, balkim uning global faolligidan tashvishda."

Ko‘rfaz Baydenga qarshi

Bir hafta oldin "The New York Times" Vashingtonning Yaqin Sharqdagi mavqeyini yo‘qotgani haqida uzun maqola chop etdi. Asosiy e’tibor Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) qaratilgan.
© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti V. Putin BAA prezidenti M. ben Zaidom Al Naxayan bilan uchrashuv chog‘ida
Vstrecha prezidenta RF V. Putina s prezidentom OAE M. ben Zaidom Al Naxayanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2023
Rossiya prezidenti V. Putin BAA prezidenti M. ben Zaidom Al Naxayan bilan uchrashuv chog‘ida
O‘z boyligini ulkan global ta’sirga aylantirgan BAA, ayniqsa, Rossiyani yakkalab qo‘yish va Xitoy bilan aloqalarni cheklash borasida AQSh tashqi siyosatiga zid. Amerikaning mintaqadagi asosiy ittifoqchisi Shayx Muhammad bin Zoid so‘nggi bir yil ichida ikki marta Rossiyaga borib, prezident Vladimir Putin bilan uchrashdi. Iyun oyida esa BAA “Rossiya rahbarining asosiy sarmoyaviy forumida (Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi. – Tahr.) faxriy mehmon sifatida taqdirlandi”, deb eslatadi nashr. Shu bilan birga, shayx 2017-yildan beri AQShga uchmagan va shundan beri muammolar yanada kuchaygan. Misol uchun, 2021-yilda BAAdan F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish bo‘yicha kelishuv to‘xtab qoldi. "Amerika tizimi haqiqatan ham siz xohlagan narsani bera oladimi?" — deb so‘radi Muhammad bin Zoidning diplomatik maslahatchisi Anvar Gargash.
Avgust oyida BAA va Xitoy harbiy-havo kuchlari ilk bor qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Garchi Amirlik oldin mudofaa masalalarida birinchi navbatda Amerika yordamiga tayangan. Gargash NYTga bergan intervyusida: “Biz xalqaro tartibni ko‘rayotgan narsa ko‘p qutbli dunyo emas, lekin biz yanada ravon dunyoni ko‘rapmiz”, dedi. O‘tgan yili u G‘arb gegemonligi "so‘nggi kunlarida" ekanini aytib, ancha ochiqchasiga gapirdi, deya ta’kidlaydi gazeta.
Amerikalik tahlilchilarning fikricha, BAA aslida boshqa davlatlarga o‘rnak bo‘ladigan yo‘l tutdi. Masalan, Saudiya Arabistoni Podshohligi ham Vashingtondan yuz o‘giradi. Bu shaxsiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi - o‘tgan yili Fors ko‘rfazi mamlakatlari hukmdorlari Jo Bayden bilan hatto telefon orqali ham muloqot qilishdan va barcha tashqi siyosatni qayta ko‘rib chiqishdan bosh tortdilar. Bahorda Saudiya Arabistoni Xitoy vositachiligida Eron bilan diplomatik munosabatlarni tiklash to‘g‘risida shartnoma tuzdi. Tehronga bosim o‘tkazishda davom etayotgan amerikaliklar shunchaki e’tibordan chetda qoldi.

"Orqa hovli" oldinga chiqmoqda

Muvaffaqiyatsizliklar Qo‘shma Shtatlarni Yaqin Sharqdan boshqa hududlarda ham ta’qib qilmoqda. Vashington uzoq vaqt davomida o‘zining "orqa hovlisi" hisoblangan Lotin Amerikasida o‘z o‘rnini yo‘qotmoqda. Rossiya va Eron bilan munosabatlar keskinlashganidan keyin AQSh neft masalasida Venesueladan yordam olishga harakat qildi. Bolivar respublikasi uzoq vaqtdan beri AQSh sanksiyalari ostida edi. Ularni bosqichma-bosqich olib tashlash evaziga Oq uy Venesuela neftiga umid qilgan edi.
Biroq, muxolifatdagi siyosatchi Xuan Guaydoga pul tikilganidan so‘ng, prezident Nikolas Maduro faqat o‘z hokimiyatini kuchaytirdi va endi u AQShga yon berish niyatida emas. Ayrim G‘arb kompaniyalari respublika hududida neft qazib olish uchun ruxsat oldi, biroq AQShda kutilayotgan yaqinlashish sodir bo‘lmadi, dedi AQShning Venesuela bo‘yicha sobiq maxsus vakili Elliot Abrams. Bundan tashqari, AQSh Davlat departamentidagi Xalqaro aloqalar kengashida hatto uning lavozimi ham bekor qilindi. Ya’ni Vashington va Karakas o‘rtasidagi aloqalar avvalgidan ham zaifroq.
© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishSergey Lavrov va Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan uchrashuvda. Karakas
Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Venesuelu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2023
Sergey Lavrov va Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan uchrashuvda. Karakas
Rossiya va Xitoy bilan BRIKSning bir qismi bo‘lgan Braziliya ham tishlarini ko‘rsatmoqda. Lotin Amerikasi mamlakati yangi prezident Lula da Silva bilan Ukraina mojarosida neytral pozitsiyani egallab, Pekin bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda va BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lishga intilmoqda. Bunday ssenariyni amalga oshirishda veto huquqini qo‘lga kiritgan braziliyaliklar xalqaro miqyosda amerikaparast qarorlar qabul qilinishiga yangi to‘siq bo‘ladi. Biroq hozircha Rossiya va Xitoyning vakolatlari yetarli.

Hammani ranjitdi

Va nihoyat, amerikaliklarning muammolari minimal bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda, NATO bo‘yicha sherigi Turkiya ham uzoq yillardan buyon Rossiyaga yaqqol tarafkashlik qilib mustaqil tashqi siyosat olib bormoqda. Anqaraga AQShning dahshatli ritorikasi yordamida ham, qiruvchi samolyotlar ishlab chiqarish va yetkazib berish dasturini cheklash kabi taqiqlovchi choralar bilan ham ta’sir o‘tkazish mumkin emas.
© AP Photo / Markus SchreiberTurkiya prezidenti Redjep Tayip Erdog‘an NATO anjumanida. Brussel 24-mart 2022-yil
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan vistupayet vo vremya press-konferensii posle vneocherednogo sammita NATO v shtab-kvartire NATO v Brussele 24-marta 2022 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2023
Turkiya prezidenti Redjep Tayip Erdog‘an NATO anjumanida. Brussel 24-mart 2022-yil

Ayni paytda turklar endi avvalgidan ham kuchliroq pozitsiyada. Butun boshli Shimoliy Atlantika ittifoqining kelajagi prezident Erdog‘anning qo‘lida. Aynan Turkiya Shvetsiyani blokka kiritmaydi. Garchi Oq uy yashil chiroq yoqishi vaqt masalasi ekanligiga ishontirsa ham, bu sohada hech qanday rivojlanish ko‘rinmayapti.

AQShning Yevropa Ittifoqidagi hamkorlari AQSh yashil energiya bozorida yevropalik yetkazib beruvchilarning huquqlarini cheklovchi diskriminatsion “Inflyatsiyani pasaytirish to‘g‘risidagi qonun”dan xavotirda. Javob choralari allaqachon ko‘rilgan va Baydenning chidamsizligidan kelib chiqqan holda faqat kengayadi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Osiyodagi forpostlaridan biri bo‘lgan Janubiy Koreya ham yevropaliklarga shunday da’volarni bildirmoqda. Amerika tufayli Tayvan atrofida kuchayib borayotgan keskinlik oqibatida o‘z xavfsizligidan xavotirda bo‘lgan Yaponiya vaziyatni o‘z qo‘liga olishga qaror qildi. Sentabr oyida, mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra, Xitoy bilan yuqori darajadagi ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tishi mumkin.
Qo‘shma Shtatlar uchun muammo shundaki, mamlakat hozir "Ukraina" relslaridan ko‘p vektorli tashqi siyosatga qaytishga amalda qodir emas. Chunki 2024-yilgi prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan Amerika yuqori siyosiy doiralarida Kiyevni qo‘llab-quvvatlash kam sonli tutash nuqtalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bunday sharoitda Qo‘shma Shtatlardan yuz o‘giradigan davlatlar soni nafaqat kamaymaydi, balki katta ehtimollik bilan ortadi.
Yangiliklar lentasi
0