https://oz.sputniknews.uz/20230816/surxondaryo-xitoy-provintsiyasi-hamkorlik-aloqalari-37923332.html
Surxondaryo va Xitoy provinsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaytiriladi
Surxondaryo va Xitoy provinsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, konchilik, chorvachilik, sanoat, turizm hamda ikki tomonlama savdo yo‘nalishlarida hamkorlik rivojlantiriladi.
2023-08-16T19:21+0500
2023-08-16T19:21+0500
2023-08-16T19:21+0500
jamiyat
o‘zbekiston
surxondaryo
xitoy
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/10/37923415_0:14:1280:735_1920x0_80_0_0_f923ceab105ef68dfab58cb31ba4d2fc.jpg
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Oripov boshchiligidagi delegatsiyaning Xeylunszan provinsiyasi (Xitoy) gubernatori o‘rinbosari Yuy Szan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Shuningdek, hududlar o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish, birgalikda sarmoyaviy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.Ma’lumot uchun, Xeylunszan provinsiyasi maydoni 454,8 ming kvadrat kilometr, aholisi 30,9 mln kishini tashkil etadi. Yalpi milliy mahsulot 224 mlrd dollarga teng. Joriy yilning birinchi yarmida tashqi savdo aylanmasi 20,8 mlrd dollarga yetgan. Provinsiya rivojlangan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatiga ega bo‘lib, hududda Xitoydagi eng yirik guruch, soya hamda makkajo‘xori plantatsiyalari joylashgan.
o‘zbekiston
surxondaryo
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/10/37923415_137:0:1151:760_1920x0_80_0_0_a34dc19b3cd5f41ac8476bbbf910ec68.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
surxondaryo xitoy provinsiyasi
surxondaryo xitoy provinsiyasi
Surxondaryo va Xitoy provinsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaytiriladi
O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, konchilik, chorvachilik, sanoat, turizm hamda ikki tomonlama savdo yo‘nalishlarida hamkorlik rivojlantiriladi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Oripov boshchiligidagi delegatsiyaning Xeylunszan provinsiyasi (Xitoy) gubernatori o‘rinbosari Yuy Szan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi. Uchrashuv davomida ikki mamlakat hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Unga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston-Xitoy mamlakatlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, konchilik, chorvachilik, sanoat, turizm hamda ikki tomonlama savdo yo‘nalishlarida hamkorlik rivojlantiriladi.
Shuningdek, hududlar o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish, birgalikda sarmoyaviy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Ma’lumot uchun, Xeylunszan provinsiyasi maydoni 454,8 ming kvadrat kilometr, aholisi 30,9 mln kishini tashkil etadi. Yalpi milliy mahsulot 224 mlrd dollarga teng. Joriy yilning birinchi yarmida tashqi savdo aylanmasi 20,8 mlrd dollarga yetgan. Provinsiya rivojlangan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatiga ega bo‘lib, hududda Xitoydagi eng yirik guruch, soya hamda makkajo‘xori plantatsiyalari joylashgan.