Samarqandda Turkiy dunyo tibbiyot kongressi bo‘lib o‘tdi

© Minzdrav UzbekistanaV Samarkande proshel Meditsinskiy kongress turkskogo mira
V Samarkande proshel Meditsinskiy kongress turkskogo mira - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2023
Obuna bo‘lish
Tadbir doirasida O‘zbekiston — Turkiya tibbiyot forumi ham bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Samarqand shahri Turkiy dunyo tibbiyot kongressi, Turkiy davlatlar tashkiloti cog‘liqni saqlash vazirlarining yig‘ilishi va O‘zbekiston —Turkiya tibbiyot forumi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro tadbir doirasida tibbiyot ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Unda ishtirokchi mamlakatlar sog‘liqni saqlash vazirlari zamonaviy tibbiy texnologiyalar va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar vakillari bilan muloqot qildi.
Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston — Turkiya tibbiyot forumi doirasida ikki tomonlama B2B formatdagi muzokaralar hamda sog‘liqni saqlash vazirlarining uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi.
Turkiy davlatlar tashkilotining sog‘liqni saqlash vazirlari yig‘ilishida nufuzli mehmonlar “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Yangiliklar lentasi
0