Bu yil Samarqandda maktab o‘rinlari ko‘payadi — yangi maktablar qayerda quriladi?

© iStock.com / skynesherMaktab sinfi
Maktab sinfi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2023
Obuna bo‘lish
Samarqandning Qorasuv massivi va Urgut tumanida yangi maktab binolari qurilmoqda.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Bu yil Samarqanddagi maktablar quvvati 10200 o‘ringa ortadi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Hozirda viloyatda respublika budjet mablag‘lari hisobidan Samarqand shahar Qorasuv massivida 1680 o‘rinli, Urgut tumanidagi Mergancha mahallasida 990 o‘rinli yangi maktab binolari qurilmoqda.

"Samarqand viloyati bo‘ylab jami 32 ta ta’lim muassasasida rekonstruksiya ishlari olib borildi. Maktablar hududida qo‘shimcha binolar ham qurilishi rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda.

Rekonstruksiya qilinayotgan maktablar:
Samarqand shahri – 19-maktab;
Kattaqo‘rg‘on shahri – 20, 12-maktablar;
Bulung‘ur tumani – 15, 66-maktablar;
Jomboy tumani – 14-maktab;
Ishtixon tumani – 53, 91-maktablar;
Kattaqo‘rg‘on tumani – 104, 61-maktablar;
Qo‘shrabot tumani – 46, 64, 71-maktablar;
Narpay tumani – 18, 54, 13-maktablar;
Nurobod tumani – 28-maktab;
Oqdaryo tumani – 14-maktab;
Past Darg‘om tumani – 115, 44, 75-maktablar;
Payariq tumani – 34, 12-maktab filiali;
Paxtachi tumani – 6-maktab;
Samarqand tumani – 9, 10-maktablar;
Toyloq tumani – 21-maktab;
Urgut tumani – 83, 85, 127, 99, 33-maktablar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maktablarda 2023/2024 o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi. 2023-yilda 1-sinfga 732 960 nafar bola kelishi kutilmoqda. Ular uchun “Prezident sovg‘asi" xaridi amalga oshirildi.
Yangiliklar lentasi
0