Bugun poytaxtning ayrim ko‘chalarida "svet" bo‘lmaydi — manzillar

© AO "Regionalnie elektricheskie seti"Ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2023
Obuna bo‘lish
Bektemir va Olmazor tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Bugun poytaxtning ikkita tumanidagi ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ayrim tumanlardagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Bektemir tumani: "Ustozlar" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Olmazor tumani: "Yangi Toshkent" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Xabarda "Hududiy elektr tarmoqlari" mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0