O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri qator hamkasblarini ko‘krak nishoni bilan taqdirladi

© Ministerstvo zdravooxraneniyaO‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri qator hamkasblarini ko‘krak nishoni bilan taqdirladi
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri qator hamkasblarini ko‘krak nishoni bilan taqdirladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2023
Obuna bo‘lish
Turkiy davlatlar vakillarini vazir Amrillo Inoyatov “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.
TOShKENT, 16-avgust — Sputnik. Samarqand shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkilotining sog‘liqni saqlash vazirlari yig‘ilishi va Turkiy dunyo tibbiyot Kongressida vazir Amrillo Inoyatov bir qator nufuzli mehmonlarni ko‘krak nishoni bilan taqdirladi. Bu xaqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishonlari mehmonlarga davlatlararo tibbiyot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissalari uchun berildi.
“O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar:
Kubanichbek Omuraliyev - Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi;
Fahrettin Koja - Turkiya Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri;
Teymur Musayev - Ozarbayjon Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri;
Tilek Mamadaliyev - Qirg‘iz Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari;
Ajar Giniyat - Qozog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri;
Marsel Minnullin - Tatariston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri.
O‘zbekiston-Turkiya tibbiyot forumi davomida mamlakatlar o‘rtasida sog‘liqni saqlash yo‘nalishidagi aloqalar o‘zaro qardoshlik va ishonch ruhiga asoslangani ta’kidlandi. Ushbu hamkorlikni sohalar kesimida rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi qator memorandum va kelishuvlar ham imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, avvvalroq Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangandi.
Yangiliklar lentasi
0