https://oz.sputniknews.uz/20230816/navoiyda-futbol-stadion-37915042.html
Navoiyda futbol o‘yini vaqtida stadionga vertolot qo‘ndi — sabab
Navoiyda futbol o‘yini vaqtida stadionga vertolot qo‘ndi — sabab
Sputnik O‘zbekiston
Vertolotning qo‘nishi futbolchilarga ham, tomoshabinlarga ham noqulaylik tug‘dirmagan.
2023-08-16T15:39+0500
2023-08-16T15:39+0500
2023-08-16T15:47+0500
jamiyat
sport
o‘zbekiston
navoiy viloyati
futbol
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/10/37915165_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_4b8e97523087e153351d5ab214b2bce9.jpg
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Navoiy viloyatida o‘tkazilgan futbol uchrashuvi vaqtida maydonga vertolot qo‘ngani bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. “Qizilqum” futbol klubi matbuot xizmati bunga rasmiy munosabat bildirdi. Soat 18:15 da jamoalar tanaffusga chiqqan. 18:20 da esa Navoiy viloyatida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar doirasida belgilangan dislokatsiyaga ko‘ra, asosiy futbol maydonidan 15 metrcha uzoqlikda joylashgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar maydoniga, ya’ni xavfsiz hududga uchuvchilar almashishi munosabati bilan vertolot qo‘ngan. U 3-5 daqiqadan so‘ng yana o‘z yo‘nalishida davom etgan.Vertolotning qo‘nish jarayonida barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan bo‘lib, qo‘shimcha mashg‘ulotlar maydoni hamda qo‘nish nuqtasida o‘yinchilar yoki fuqarolar bo‘lmagan.
o‘zbekiston
navoiy viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/10/37915165_78:0:1052:731_1920x0_80_0_0_f6e77e8ff0c91a7d9087493e3612c42d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
navoiy futbol uchrashuvi vertolot
navoiy futbol uchrashuvi vertolot
Navoiyda futbol o‘yini vaqtida stadionga vertolot qo‘ndi — sabab
15:39 16.08.2023 (yangilandi: 15:47 16.08.2023) Vertolotning qo‘nishi futbolchilarga ham, tomoshabinlarga ham noqulaylik tug‘dirmagan.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Navoiy viloyatida o‘tkazilgan futbol uchrashuvi vaqtida maydonga vertolot qo‘ngani bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. “Qizilqum” futbol klubi matbuot xizmati bunga rasmiy
munosabat bildirdi. Xabarda keltirilishicha, Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan “Yoshlik” o‘yingohida joriy yil 14-avgust kuni soat 17:30 da Navoiyning “Qizilqum” hamda Bekobodning “Metallurg” yoshlar futbol jamoalarining (U21) Yoshlar ligasi doirasidagi uchrashuviga start berilgan.
Soat 18:15 da jamoalar tanaffusga chiqqan. 18:20 da esa Navoiy viloyatida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar doirasida belgilangan dislokatsiyaga ko‘ra, asosiy futbol maydonidan 15 metrcha uzoqlikda joylashgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar maydoniga, ya’ni xavfsiz hududga uchuvchilar almashishi munosabati bilan vertolot qo‘ngan. U 3-5 daqiqadan so‘ng yana o‘z yo‘nalishida davom etgan.
Vertolotning qo‘nishi futbolchilarga ham, tomoshabinlarga ham noqulaylik tug‘dirmagan. Shuningdek, tanaffus payti bo‘lganligi tufayli bu holat futbol uchrashuviga hech qanday ta’sir o‘tkazmagan.
Vertolotning qo‘nish jarayonida barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan bo‘lib, qo‘shimcha mashg‘ulotlar maydoni hamda qo‘nish nuqtasida o‘yinchilar yoki fuqarolar bo‘lmagan.