https://oz.sputniknews.uz/20230816/navoiy-chol-burguti-qafas-huquqbuzar-jarima-37901526.html
Navoiyda cho‘l burgutini qafasda saqlagan huquqbuzar jarimaga tortildi
Navoiyda cho‘l burgutini qafasda saqlagan huquqbuzar jarimaga tortildi
Sputnik O‘zbekiston
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan 3 mln 300 ming so‘m jarima belgilandi.
2023-08-16T10:21+0500
2023-08-16T10:21+0500
2023-08-16T11:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
navoiy viloyati
jarima
qushlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/10/37901664_0:96:1249:799_1920x0_80_0_0_3e7eaf1f86cfa5e499c324f55546959a.jpg
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Navoiy viloyatida cho‘l burgutini qafasda saqlab kelayotgan huquqbuzar jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.Aytilishicha, Konimex tumani Ekologiya bo‘limiga tumanning To‘qmang‘it qishlog‘ida cho‘l burguti saqlanayotgani haqida murojaat kelib tushdi.Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 300 ming so‘m jarima belgilandi.O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar qamoq jazosi yoki jarimaga tortiladi. O‘zbekistonning ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasiga ko‘ra, hayvonlarni qiynoqqa solish yoki azob berish 990 mingdan 1 mln 650 ming so‘mgacha jarimaga sabab bo‘ladi.
o‘zbekiston
navoiy viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/10/37901664_28:0:1221:895_1920x0_80_0_0_201c29afba31c745057e37b57d125421.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
navoiy cho‘l burguti qafas huquqbuzar jarima
navoiy cho‘l burguti qafas huquqbuzar jarima
Navoiyda cho‘l burgutini qafasda saqlagan huquqbuzar jarimaga tortildi
10:21 16.08.2023 (yangilandi: 11:15 16.08.2023) Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan 3 mln 300 ming so‘m jarima belgilandi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Navoiy viloyatida cho‘l burgutini qafasda saqlab kelayotgan huquqbuzar jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
xabar berdi. Aytilishicha, Konimex tumani Ekologiya bo‘limiga tumanning To‘qmang‘it qishlog‘ida cho‘l burguti saqlanayotgani haqida murojaat kelib tushdi.
“Murojaat o‘rganilganida To‘qmang‘it qishlog‘ida yashovchi fuqaro B. B. o‘z xonadonida cho‘l burgutini noqonuniy tarzda qafasda saqlab kelayotganligi aniqlandi”, - deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 300 ming so‘m jarima belgilandi.
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar qamoq jazosi yoki jarimaga tortiladi. O‘zbekistonning ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning
111-moddasiga ko‘ra, hayvonlarni qiynoqqa solish yoki azob berish 990 mingdan 1 mln 650 ming so‘mgacha jarimaga
sabab bo‘ladi.