Dori vositalarini import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishDori vositalari
Dori vositalari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2023
Obuna bo‘lish
Prezident farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekistonda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Prezident farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi.
Shunga ko‘ra:
2024 yil 1-yanvardan alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibi bekor qilinadi;
2024 yil 1-yanvardan import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi;
2025 yil 1-yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi.
Shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqiladi:
2023 yil 1-oktabrgacha tovarlarni import qilish uchun litsenziya berish jarayonini avtomatlashtirish (raqamlashtirish) bo‘yicha;
2024 yil 1-yanvargacha transport xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun subsidiya berish tizimini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish bo‘yicha;
2023 yil 1-noyabrgacha tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yig‘imlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq birxillashtirish bo‘yicha.
Yangiliklar lentasi
0