Asossiz ishdan bo‘shatilgan fuqarolarga 1,5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘landi — Ombudsman

© Depositphotos / Erwin WodickaMenejer
Menejer  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2023
Obuna bo‘lish
Fuqarolarni asossiz ishdan bo‘shatgan rahbarlar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekistonda asossiz ishdan bo‘shatilgan fuqarolarga 1,5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lovlari undirib berildi. Bu haqda Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) matbuot kotibi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023-yilning 1-yarim yilligida 30 ga yaqin fuqarolarning asossiz ishdan bo‘shatilganligi aniqlanib, ularning ishga tiklanishiga erishilgan.

“6 ta holatda inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi sababli ish beruvchi (rahbar) ma’muriy javobgarlikka tortilgan”, - deyiladi xabarda.

Ombudsman tomonidan undirilgan to‘lovlar:
11 nafar fuqaroga 1,5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lovlari undirildi;
21 ta holatda fuqarolarga jami 212,5 mln so‘m ish haqi, aliment va boshqa to‘lovlari to‘landi;
2 ta holat bo‘yicha fuqarolarning kommunal to‘lovlarining 8 mln so‘mga yaqin noreal qarzdorliklari to‘lab berildi;
Davolanish uchun 4 nafar fuqaroga 22 mln 620 ming so‘m moddiy yordam ajratilishida amaliy ko‘mak ko‘rsatildi;
Davolanishi uchun 4 nafar fuqaroga order olib berildi;
1 ta holatda MFYning tegishli tavsiyanomasi bilan qonuniy imtiyozga ega fuqaroning OTMga qabul qilinishiga erishildi.
Aytilishicha, ombudsmanga kelib tushgan jami murojaatlarning 27,1% fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklariga, 28,7% ijtimoiy huquq, 31,4% iqtisodiy huquq, 10,8 % fuqarolarning murojaat etish va 1,9% ekologik huquqlarga oid.
Eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahri, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent va Samarqand viloyatlaridan, eng kam murojaatlar esa Sirdaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston respublikasidan kelib tushgan.
Yangiliklar lentasi
0