O‘zbekiston xalqaro aeroportlaridagi “yashil” va “qizil” yo‘laklar bekor qilindi

Toshkent aeroporti, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2023
Obuna bo‘lish
Xalqaro aeroportlarning uchib ketish yo‘nalishida "masofaviy bojxona nazorati" tizimi joriy etilgan.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarning uchib ketish yo‘nalishida ikki yo‘lakli (yashil va qizil) tizim tugatildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar qildi.
11 avgust kuni Hukumatning tegishli qaroriga bojxona ma’murchiligini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘tgan yil bahorida O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan xalqaro aeroportlarning uchib ketish yo‘nalishida "masofaviy bojxona nazorati" tizimini joriy etish belgilangan edi.
“Shu munosabat bilan endilikda xalqaro aeroportlarning uchib ketish yo‘nalishida ikki yo‘lakli (yashil va qizil) tizim tugatildi”, - deyilgan xabarda.
Masofaviy bojxona nazorati — xalqaro aeroportlar orqali uchib ketayotgan yo‘lovchilarni maxsus ajratilgan joylarda xavfni boshqarish tizimidan foydalangan holda tanlab olish tamoyili asosida hamda masofaviy vizual kuzatuvni amalga oshirish orqali bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazishni ta’minlaydigan tizim.
Xalqaro aeroportlarining uchib ketish yo‘nalishida jismoniy shaxslarning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish va ularga bojxona konunchiligi bo‘yicha tushuntirishlar berish uchun yo‘lovchilar harakatiga ta’sir qilmaydigan alohida bojxona rasmiylashtiruvi joyi tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 1-yanvardan Toshkent va boshqa shaharlar aeroportlarida ikki yo‘lak tizimi ishga tushgan edi.
Yangiliklar lentasi
0