Turk kompaniyasi Navoiyda jahon standartlariga mos zamonaviy laboratoriya ochadi

© Foto : Informatsionnaya slujba xokimiyata Navoiyskoy oblastiTurk kompaniyasi Navoiyda jahon standartlariga mos zamonaviy laboratoriya ochadi
Turk kompaniyasi Navoiyda jahon standartlariga mos zamonaviy laboratoriya ochadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2023
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda viloyatda jahon standartlariga mos zamonaviy laboratoriya tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Navoiy viloyati hokimligida Turkiyaning “Diaclinica” tibbiyot kompaniyasi rahbari Mehmed Emin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, uchrashuvda viloyatda jahon standartlariga mos zamonaviy laboratoriya tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
O‘z navbatida viloyat rahbariyati bu borada ko‘mak va hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.
Muzokaralar natijasida sohaga Turkiya investitsiyasini jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“Diaclinica” o‘z faoliyatini 2002-yilda boshlagan. 2007-yildan dunyo bo‘yicha “Bioanalytic” brendi ostida yuqori sifatli diagnostika reagentlari va to‘plamlarini ishlab chiqarish hamda yetkazib berish borasida ham faoliyat olib boradi.
Kompaniya O‘zbekiston bo‘yicha o‘z filialini Navoiyda ochgan va markazlashgan laboratoriya tashkil etish uchun yuqori aniqlikdagi texnologiyalarni olib kirish ishlarini boshlab yuborgan.
Yangiliklar lentasi
0